64
mavjudligini talab etadi. Inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi ko‘p jihatdan,
markaziy bankning inflyatsiya bo‘yicha miqdoriy mo‘ljallarni belgilash va pul-kredit
instrumentlarini tanlashdagi mustaqilligi darajasi bilan bog‘liq. Shuningdek, bu rejimni
qo‘llashda fiskal siyosatning pul-kredit siyosatidan ustunlik qilmasligi, ya’ni pul-kredit
siyosatining soliq-byudjet sohasidagi maqsadlarga qaratilmasligi talab etiladi.
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda
aholi va biznes vakillarining inflyatsion kutilmalari muhim ahamiyat kasb etishi tufayli
olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga jamiyatning ishonchini mustahkamlash dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda markaziy bank faoliyatining
shaffofligi hamda
aholi bilan muloqot tizimining kuchaytirilishi yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlashga
xizmat qiladi. Xususan, markaziy bank doimiy ravishda statistik ma’lumotlarni chop
etib, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida
jamiyat va iqtisodiyotning real sektori ishtirokchilarini xabardor qilib boradi. Inflyatsion
targetlash rejimida markaziy bankning foiz stavkasi pul-kredit siyosatining asosiy
instrumenti bo‘lganligi uchun mazkur rejimning natijadorligi mamlakatdagi moliya
institutlari va bozorlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Bunda,
markaziy bank pul bozoridagi foiz stavkalari darajasi va dinamikasiga likvidlikni
taqdim etish yoki likvidlikni qaytarib olish operatsiyalari orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur holatda, markaziy bank tomonidan belgilanadigan inflyatsiya o‘zgarishining
oraliq intervali amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy bank tomonidan
asosiy e’tibor maqsadli ko‘rsatkichlarning mazkur interval doirasida bo‘lishini
ta’minlashga qaratiladi. Ushbu parametrlar bajarilmagan holatlarda markaziy bank
tomonidan tafovutlarning sabablariga tushuntirish berilishi
va keyingi davrda amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan choralar xususida aniq pozitsiya shakllantirilishi lozim.
Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasida inflyatsion targetlash rejimi
qo‘llanilishining tahlili mazkur rejimni amaliyotga joriy etish jarayonida qator
muammoli holatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, rivojlanayotgan va MDH
mamlakatlarida inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar nomonetar xususiyatga
egaligi hamda ularning markaziy bank nazorati doirasidan tashqarida ekanligi pul-kredit
siyosati instrumentlarini qo‘llash samaradorligini sezilarli darajada cheklaydi.
Shuningdek, maqsadli ko‘rsatkich sifatida haqiqiy vaziyatni o‘zida
aks ettiruvchi
narxlar indeksining tanlanishi ham inflyatsion targetlash rejimini qo‘llashning yana bir
muhim talablaridan hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda iste’mol baholari indeksi (IBI)
o‘rniga jahon bozorlaridagi narxlar o‘zgarishi, ma’muriy o‘rnatiladigan narxlar,
mavsumiylik kabi qator omillarni istisno etuvchi indekslardan foydalaniladi.
O‘zgartirilgan ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi rasmiy IBI yoki YaIM deflyatori bilan
tafovutlarning kelib chiqishi xatarlarini oshiradi
Dostları ilə paylaş: