4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия
Pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan
foydalanishda asosiy e’tibor tijorat banklarining likvidligini boshqarish maqsadlariga
qaratiladi. Bunda bozor instrumentlarini qo‘llashni faollashtirish vazifalaridan kelib
chiqib, Markaziy bank foiz instrumentlarining samaradorligi oshirib boriladi. Xususan,
ularning ta’sirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va tijorat banklarining
mablag‘larini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish operatsiyalarining turlari va
hajmlarini kengaytirish nazarda tutilgan. Pul-kredit siyosatining asosiy mo‘ljali sifatida
monetar operatsiyalar bo‘yicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi Markaziy
bankning foiz instrumentlari ta’sirchanligini oshirish imkonini yaratadi. Bundan
tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-kredit siyosatining operatsion
parametrlari qaytadan ko‘rib chiqiladi. Kelajakda Markaziy bankning garov asosida
kreditlash operatsiyalari muddatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning turlari
optimallashtirilib umumlashtiriladi. Shu bilan birga, tijorat banklariga milliy
valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi depozit sxemalari joriy
qilinib, bu foiz koridorining pastki chegarasini saqlab qolinishini ta’minlaydi. Shu bilan
birga, tijorat banklari likvidligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida garov ta’minoti turlari
va tartibini kengaytirish orqali likvidlik berish mexanizmini takomillashtirish ko‘zda
tutilmoqda. Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi pul-
kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda katta ahamiyat ega.
Mazkur yo‘nalishda Markaziy bankning prognoz-tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi,
bu borada Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va
axborot almashinuvi yanada mustahkamlanadi.