77
daromadlarni muntazam ravishda sotish dasturini ishlab chiqish va joriy etish ko‘zda
tutilmoqda. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun tayyorgarlik davrida Markaziy
bankning ustuvor vazifasi samarali antiinflyatsion siyosat olib borish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga Markaziy bank instrumentlaridan moslashuvchanlik bilan foydalanish
orqali qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab turish orqali erishiladi. Pul-kredit sharoitlari
hamda inflyatsiya
darajasini tahlil qilish, baholash va prognozlash ishlari
ko‘rsatkichlarning keng to‘plamlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda,
narxlarni barqarorlashtirish siyosatini olib borishda asosiy ta’sir
kanallarini aniqlash
vazifasiga alohida e’tibor qaratiladi.Shu bilan birga, pul-kredit
siyosatining bozor
instrumentlari turlarining kengayib borishi bilan bir qatorda maqsadli parametrlarga
erishishga yo‘naltirilgan monetar
operatsiyalar faollashtirilib, hajmlari mutanosib
ravishda oshirilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: