81
ма
Raqamlarga nazar tashlansa, 2017 yilda tashqi savdo defitsiti 1,4 mlrd dollar yoki
umumiy tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil
so‘ngiga kelib bu ko‘rsatkich 11,3 mlrd dollar yoki umumiy tashqi savdo aylanmasiga
nisbatan 23 foizga yetgan.
Boshqacha aytganda, o‘tgan besh yil ichida tashqi savdo
defitsiti hajman sakkiz barobarga, ulush hisobida esa salkam besh barobarga ortgan.
Bu tendensiyani izohlash uchun yuqorida keltirilgant-tashqi
savdoning nisbatan
erkinlashishi hamda qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalarining yaxshilanishi kabi
omillarning o‘zigina yetarli emas. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda monetar va fiskal
siyosat ikki-butunlay qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanmoqda. Xususan,
Markaziy bank tomonidan yuqori inflyatsiyani jilovlash
maqsadida yuritilayotgan
nisbatan qattiq monetar siyosatga qarama-qarshi ravishda hukumat yalpi talabni
rag‘batlantirish maqsadida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat yuritmoqda. Quyida ana
shu ikki yo‘nalishda olib borilayotgan siyosatlarning tashqi
savdoga va tashqi savdo
defitsitiga ta’sirini baholashga urinib ko‘ramiz. Monetar siyosat-markaziy bank yuqori
inflyatsiyani jilovlash hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida nisbatan
qattiq monetar siyosat yuritib kelmoqda. Regulyator qattiq monetar siyosat yuritish
orqali asosiy foiz stavkasi (qayta moliyalashtirish stavkasi)
hamda inflyatsiya
o‘rtasidagi ijobiy farqni saqlab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: