83
inflyatsiyaning 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichiga erishish ko’zda turiladi. Ayni
paytda yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 12 foizdan biroz yuqori shakllanmoqda. 2024
yil yakuniga qadar maqsad qilingan ko‘rsatkichga erishish hozirgi sharoitda
nisbatan qattiq monetar siyosatni ushlab turishni taqozo etadi.
Qattiq
monetar
siyosat tashqi savdo va tashqi savdo defitsitiga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi. Qattiq
monetar siyosat vositasida asosiy foiz stavkasining nisbatan yuqori saqlab turilishi o‘z-
o‘zidan mamlakatda pul massasi o‘sishini sekinlashtiradi. Pul massasi o‘sishining
sekinlashishi valyuta kursining oshishiga -milliy valyutaning boshqa valyutalarga
nisbatan qadri ortib borishiga sabab bo‘ladi. Xususan, 2022 yil noyabr oyi holatiga real
valyuta kursi, turli terbranishlardan so‘ng, 2019 yil bilan taqqoslaganda 7
foizga balandroq bo’lgan. Ta’kidlash joizki, milliy valyutaning
real almashinuv kursi
2019 yildan keyingi davrda biron marta 100 foizdan, ya’ni 2019 yil sentabr oyidagi
darajadan pastga tushmagan.
Bu esa, boshqa shartlar o‘zgarmagan holda, eksport
tovarlarining hamkor davlatlarda qimmatroq bo‘lib
qolishiga va, tabiiyki, ularning
raqobatbardoshligi pasayishiga olib keladi.
Ichki bozorda esa, aksincha, import
tovarlarning narxi arzonlashadi. Ya’ni, real valyuta kursining o‘zgarishi (boshqa
shartlar
o‘zgarmagan holda) mahalliy tovarlarni jahon bozorida 2019 yildagiga qaraganda 7
foizga qimmatroq, import tovarlarini ichki bozorda 7 foizga arzonroq qilib qo‘ygan.
Bu
holat o‘z-o‘zidan tashqi savdo defitsitining o‘sishiga olib keladi.
Manba: O‘zbekiston Markaziy banki
Tashqi savdoning o‘zgarishiga nominal valyuta kursining o‘zgarishi emas, balki real
valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir o‘tkazadi. Nominal valyuta kursi-bu Markaziy bank
84
tomonidan e’lon qilib boriladigan kunlik valyutalar kursi. Real valyuta kursi esa ikki
davlat o‘rtasidagi narx o‘zgarishini ham inobatga oladi. Aynan ikki davlat o‘rtasidagi
narx o‘zgarishini inobatga olganligi nuqtai nazaridan real
valyuta kursi ikki davlat
o‘rtasidagi savdo hajmining o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi.Fiskal siyosat- budjet
xarajatlarining oshishi yoki kamayishi tashqi savdo hajmiga mamlakatdagi yalpi
talabning o‘sishi yoki qisqarishi orqali ta’sir qiladi. Xususan,
budjet xarajatlarining
(transfertlar bilan birga) oshishi yalpi talabni rag‘batlantiradi. Yalpi talabning o‘sishi,
o‘z navbatida, import tovarlariga bo‘lgan talab hajmida ham o‘sishga olib keladi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda budjet xarajatlarning muntazam oshib borayotganligi
kuzatilmoqda.
Aytaylik, YAIM daromad sifatida qaralsa, uning tarkibida davlat
xarajatlarining hissasi yildan-yilga ortib bormoqda.
Raqamlarga murojaat qilsak,
konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlarining YAIMdagi ulushi 2016 yilda 23,8
foizni
tashkil etgani
holda, hozirgi kunga kelib mazkur ko‘rsatkich 35 foizga
yetganligini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, bu davrda budjet defitsiti ham muttasil
o‘sib borgan.
Dostları ilə paylaş: