88
tijorat banklari tomonidan xorijiy valutada jalb qilingan depozitlar bo‘yicha
majburiy
rezervlar normativi
14 foizdan 18 foizgacha
oshiriladi.
Majburiy rezervlar normativlari bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishlar, o‘z navbatida,
iqtisodiyotda dollarlashuv darajasi pasayishiga xizmat qiladi.
Markaziy bank pul bozoridagi vaziyatni doimiy kuzatib borib, foiz stavkalarning asosiy
stavkaga yaqin va foiz koridori doirasida shakllanishi bo‘yicha
barcha zaruriy choralarni
ko‘rib boradi.
Prognoz va xatarlar
Joriy yilning birinchi yarim yilligida shakllangan tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarni
inobatga olib 2021 yil oxirigacha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozlari qayta
ko‘rib chiqildi. Bunda, joriy yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sish
sur'ati prognozi
5,8-6,8 foizgacha
oshirildi (dastlabki prognoz 4,5-5,5 foiz). Bu, o‘z
navbatida, fiskal rag‘batlantirishlar ta'sirida iqtisodiy
faollik va yalpi talabning
kutilganidan yuqori sur'atlarda o‘sayotgani, yil oxirigacha ishlab chiqarish manfiy
tafovutining qisqarishi va asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar o‘sish
sur'atlarining tiklanishi bilan izohlanadi. Inflatsiya bo‘yicha 2021 yil uchun prognoz
ko‘rsatkichi
Dostları ilə paylaş: