90
markaziy bankka yukladi. Eron Islom Respublikasi Markaziy banki (MB) doirasi va
vazifalari Eronning Bank va valyuta faoliyati qonunida (1960) belgilangan. Islom
inqilobidan keyin Eron Markaziy banki nomi “Eron Islom Respublikasi Markaziy
banki” deb oʻzgartirildi va 1983-yilda mamlakat bank tizimi foizli daromad topish yoki
toʻlashni taqiqlovchi yangi islomiy qoidalarga amal qildi. Markaziy bank Eronning
sobiq qirollariga tegishli boʻlgan va ular tomonidan foydalanilgan
tarixiy va qadimiy
zargarlik buyumlari
muzeyiga
egalik
qiladi.
Ushbu
muzeyda Eron milliy
javohirlari joylashgan va mamlakatning eng jozibali sayyohlik nuqtalaridan biri
hisoblanadi. Eron Markaziy bankining bank siyosatini ishlab chiquvchi oliy organi Pul
va kredit kengashi (PKK) hisoblanadi. Uning doimiy aʼzolariga Markaziy bank rahbari,
Eron moliya va iqtisod vaziri, Eron Davlat Hayʼati (mamlakat hukumati)
tomonidan
tayinlangan ikkita vazir, Savdo-sanoat palatasi rahbari, Bosh prokuror va ikkita
parlament deputati kiradi.
Har yili hukumatning yillik budjeti tasdiqlangandan soʻng,
Markaziy bank tasdiqlash uchun Pul va kredit kengashiga pul va kredit siyosatining
batafsil sharhini taqdim etadi.
Keyinchalik, ushbu siyosatning asosiy elementlari besh
yillik iqtisodiy rivojlanish rejasiga kiritiladi. PKK har chorakda yigʻiladi. Amalda, bank
tizimining pul yaratish qobiliyati naqdsiz pullar (talab qilib olinguncha saqlanadigan
omonatlar va chek daftarchalari) uchun zaxira saqlash zarurati bilan cheklanmaydi.
Yaʼni aksariyat banklar avval kredit beradi va keyin esa zaxiralarni
qidiradi. Mamlakatning parlament tadqiqotlari markaziga koʻra, Eron Markaziy banki
inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun hukumatdan koʻproq mustaq boʻlishga muhtoj.
2010-yil holatiga koʻra, Eron Markaziy banki "
faol" pul-kredit
siyosatini olib borishga
qodir emas (masalan, obligatsiyalarni chiqarishdan oldin u Majlis roziligini olishi kerak)
va hukumatning fiskal siyosati ustidan nazoratga ega emas. 2010-yilda Majlis
tomonidan taklif qilingan yangi qonunga ko‘ra, kamida 15 yillik ish tajribasiga ega yetti
nafar iqtisodchi Bosh assambleyaga a’zo bo‘lishi kerak edi, bu esa Markaziy bankni
davlat hukmronligidan qaror qabul qilishga xususiy sektor ko‘proq so‘z yuritadigan
organga o‘zgartirishi kerak edi. Assambleya a’zolari 10 yil muddatga va faqat bir marta
saylanadi. Eron Islom Respublikasi Markaziy bankining
nizomi va Eronning Bank va
valyuta faoliyati qonunining 10-bo‘limiga muvofiq maqsadlari quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: