Kredit - о‘zga mulki bо‘lgan pulni qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatdir.
Kredit vazifalari pulga tenglashtirilgan tо‘lov vositalarini (Veksel, chek, sertifikat) yuzaga chiqarib,
ularni xо‘jalik oborotiga jalb qilishdir
bо‘sh turgan pul mablag‘larini xarakatdagi, ishdagi kapitalga aylantirib, pulni pul
topadi, degan qoidani amalga oshirishdir.
qarz berish orqali pul mablag‘larini turli tarmoqlar о‘rtasida qayta taqsimlash
bilanishlab chiqarish resurslarining kо‘chib turishini ta’minlashdir
qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantirishdir.
Kredit diskriminatsiyasi - bu kredit olishda, undan foydalanishda yoki xalqaro kreditni
tо‘lashda ma’lum bir qarz oluvchilarga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi
og‘ir va qiyin shartlarni qо‘yishdir.
Kredit mexanizmi - xо‘jalik mexanizmining tarkibiy qismi bо‘lib, kreditlash shartlarini
usullari va kreditni boshqarishdir.
Kredit mexanizmi- kredit munosabatlarini tashkil qilishda qо‘llaniladigan elementlar
majmuasidir.
Kredit obyekti - vaqtincha bо‘sh turgan, berilishi mumkin bо‘lgan pullar va tovarlardir.
Kredit paketi- kreditlash jarayoni uchun zarur bо‘lgan xujjatlar majmuasi tushuniladi.
Kredit portfelining diversifikatsiyasi – bu bankning ba’zi mijozlaridan kо‘rgan
zararlarni boshqa mijozlardan kо‘rgan daromad hisobidan qoplash maqsadida bankning
kredit resurslarini kam miqdorda kо‘p sonli mijozlar о‘rtasida taqsimlash demakdir.
Kredit portfeli- tojorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar jamlovchi xujjat.
Kredit potensiali- bankdagi yig‘ilgan, tarkib topgan mablag‘lardan likvidlilik
rezervlarini ayirmasiga teng.
Kredit resurslarining auksioni -kredit resurslarini erkin, ochiq tarzda auksion orqali
sotishdir.
Kredit siyosati -bankning kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlarni qabо‘l
qilishga imkon beruvchi qoidalar va cheklanishlar majmuidir.