Buxgalteriya hisobi va audit



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/102
tarix11.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#131979
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
4-kurs BANK ISHI FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI — копия

Umumiy zahiralar
-bunday zahiralar kredit portfeli uchun tashkil etiladi. Umumiy 
zahiralar kredit portfeliga xos bо‘lgan yashirin tavakkachilikdan ximoya qilish 
maqsadida tashkil etiladi. Ular odatda ssuda bо‘yicha qarzdorlik summasiga nisbatan 
foizda belgilanadi. 
Umumiy kapitalning yetarliligi-
bankning umumiy kapitali miqdorini riska tortilgan 
aktivlarga nisbatini orqali aniqlovchi kо‘rsatkich. 
Umumiy usullar-
bank risklaring miqdorini uni daromadlariga bog‘liq ravishda 
baholash va bashorat qilish hamda bank likvidliligiga nisbatan belgilangan iqtisodiy 
normativlarni bajarish kiradi. 
О‘zaro aloqador shaxslar-
tijorat banki aksiyadorlari va boshqaruvida о‘z faoliyati 
yurituvchi shaxslarning qarindoshlari hisoblanadi. 
О‘stirilmaydigan kreditlar
-belgilangan tartibga muvofiq foizlar hisoblanishi 
tо‘xtatiladigan kreditlar. 
Faktoring 
- bu xо‘jalik yurituvchi subyektlar – mol yetkazib beruvchilarni (bundan 
keyingi matnda - mijoz) ular tomonidan bank - moliya agentiga tо‘lovchilardan (bundan 
keyingi matnda -tо‘lovchi) jо‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki kо‘rsatilgan 
xizmatlar uchun ular tomonidan akseptlangan, lekin hali tо‘lanmagan tо‘lov 
talabnomalari bо‘yicha pul tо‘lovini olish huquqini о‘tib berishlari evaziga, regres 
huquqisiz, moliyalashtirish borasidagi bank xizmati turidir.
Xazina majburiyatlari
- uning egasi tomonidan malum bir pul mablagini byudjetga 
kiritganligi va uning butun aylanish davrida anik chegaralangan foizni tulab berish 
majburiyatini guvoxlovchi kimmatli kogozidir. 
Xalqaro kafolatlar
- tovarlar va kapitallar harakatini uzluksiz va doimiy harakat 
qilinishini ta’minlanishiga xizmat qilib Markaziy banklar, tijorat banklari, 
korporatsiyalar, hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi.
Xalqaro kredit
bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tlmonidan ikkinchi bir 
davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va tо‘lovlilik 
asosida beriladigan kreditdir. 

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin