Tillar va adabiyot kafedrasi


 Ravish bilan ifodalanadi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

5. Ravish bilan ifodalanadi

Ko‘p odamlar shu maydonga yig‘ilishdi.
6.
Sifatdosh bilan ifodalanadi:
 Aytilgan so‘z otilgan o‘q 
(Maqol). 
Mashq.
Matndagi predmet belgini ifodalovchi aniqlovchilarni aniqlang. 
Ularning qaysi so‘zga, qaysi xil aloqada sintaktik munosabatga kirishganini ayting. 
Shoira navbatchilik qilmagan kun kam bo‘lardi. U goh birinchi qavatda, goh 
bemorlarni qabul qiladigan bo‘limda ishlardi. Sherzod darrov ko‘zini olib qochdi. 
Uning qiziq odati bor edi: birovning ovqatlanishiga nazar solishni uyat hisoblardi. U 
tez-tez yurib, burchakdagi titan oldiga bordi. Sherzod paxta gulli choynakka shoshib-
pishib qaynoq suv to‘latdi. Zum o‘tmay ikkinchi choynak ham to‘ldi. Sherzod ikkala 
qo‘li band bo‘lgani uchun jo‘mrakni burashga ulgurolmay qoldi. Qaynoq suv 
choynakdan toshib, tog‘oraga to‘kila boshladi. Bug‘ ko‘tarilib Sherzodning qo‘li 
achishdi. Shu ondayoq Shoiraning yangroq qah-qahasi xonani to‘ldirdi. U yugurib 
kelib jo‘mrakni buradi. Sherzod har ikkala choynakni yaqinroqdagi stol ustiga qo‘ydi. 
(O‘.Hoshimov) 
Aniqlovchilar ikki turga bo‘linadi: sifatlovchi aniqlovchilar va qaratqich 
aniqlovchilar. 
Sifatlovchi aniqlovchilar
predmetning rang-tusini qandayligini, 
miqdorini, o‘rin va paytga munosabati va hokazo shunga o‘xshash xususiyatlarini 
ifodalaydi. 
Misollar: 1. 
Ko‘m-ko‘k
 daraxtlar engilgina tebranmoqda.
2. 
Daladagi 
ishlarni 
bitirib qo‘ydik
. 3. 
Kechagi
yig‘inda hamma qatnashdi
. 4. 
Birinchi
kurs talabalari 
zalda to‘planishdi
. 5. 
Mana shu 
er bizning tug‘ilib o‘sgan zaminimiz.
6. 
G‘ir-g‘ir
 
shamol esib turibdi
. 7. 
Yozilgan
 xat shu edi

Misollarning birinchisida rang-tus, ikkinchisida o‘rniga nisbatan belgi, 
uchinchisida paytga nisbatan belgi, to‘rtinchisida tartib, beshinchisida ko‘rsatish va 
oltinchida tovushga taqlid qilingan belgi xususiyatlar va eng oxirgisida harkat bilan 
bog‘liq belgi ifodalangan. 
Misollardan ko‘rinadiki, sifatlovchi aniqlovchilar sifat, son, olmosh, ravish, 
sifatdosh, ot, taqlidiy so‘z kabi turli so‘z turkumlari bilan ifodalanadi, aniqlanmish 
(sifatlanmish) bilan birga sifatlovchili birikmani hosil qiladi va ular o‘zaro bitishuv 
aloqasida bir-biri bilan birikadi. 
Mashq.
Berilgan misollardagi sifatlovchi aniqlovchilarni ajrating. Ularning 
qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini tushuntiring. 
1. Qizil, ko‘k sariq, zangori ninachilar tinimsiz uchib turardi (Said Ahmad). 2. 
To‘g‘riso‘z, halol odam hammaga yoqa bermas ekan. 3. Nahotki, shunday obro‘li, 
dono odam o‘z bolasiga tarbiya bera olmasa?! 4. Baland bo‘yli, baquvvat matroslar 
kemadan ruda tushirishar edi (S.Ahmad). 5. Teppamda eski, uniqib ketgan chit 
ko‘ylakda Minavvar turardi (O‘.Hoshimov). 6. Zunnunning uyi juda chiroyli qilinib 
yig‘ishtirilgan edi (Cho‘lpon). 7. Bu so‘qmoq yo‘ldan shayx afandining uyiga 
boriladi.. («Choliqushi»). 8. Yana qor. Oq kafan o‘raldi, yana, Yana ko‘k quydi erga 
parlarin (Cho‘lpon). 9. Anchagacha jim o‘tirganimizdan keyin sekin xo‘rsindi. 
(O‘.Hoshimov). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin