To‘ldiruvchilarning turlari . To‘ldiruvchilar vositasiz to‘ldiruvchi, vositali
to‘ldiruvchi deb ikki turga ajratiladi.
Vositasiz to‘ldiruvchilar harakatni o‘ziga qabul qilgan, harakat bevosita o‘ziga
yo‘nalgan predmetni bildiradi.
Vositasiz to‘ldiruvchilar tushum kelishigidagi so‘zlar bilan ifodalanadi va
kimni? nimani? qaerni? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Misol:
YAxshiliklaringizni unutmaymiz. Talabalarni majlisga taklif qilishdi. Ular Samarqandni, Buxoroni sayohat qilishmoqi. Vositasiz to‘ldiruvchilar ba’zan belgisiz qo‘llanadi: Xat yozdik (xatni yozdik).
Kitob o‘qidik (kitobni o‘qidik).
Vositali to‘ldiruvchilar harakat biror vosita orqali o‘ziga qaratilgan predmetni
bildiradi.
Vositali to‘ldiruvchilar o‘rin-payt, chiqish, jo‘nalish kelishiklari affikslarini
olib yoki ayrim ko‘makchilar bilan birga ifodalanib, shu xil formadagi kim? nima?
o‘zakli so‘roqlarga javob bo‘ladi. Misol:
Bildirilgan yaxshi tilaklar sizga qaratilgan. Uyat o‘limdan qattiq. Dilbar hayoda, kamtarlikda juda tengsiz. Ertaga o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibi haqida gaplashib oldik. Boshqalar bilan ham maslahatlashdik. Mashq. Berilgan matndagi vositasiz to‘ldiruvchilar ishtirok etgan gaplarni
aniqlang, ularning kesim bilan qanday aloqada birikkanligini ayting.
Shu payt mashina cho‘zib, qattiq signal berdi. «Voy yaramas-ey» deb o‘yladi
u boshini keskin ko‘tarib. Sirojiddinning to‘rt yashar o‘g‘ilchasi mashinaga o‘ch edi.
Hozir ham Sirojiddin «Volga»ning ikkala oldingi eshigi lang ochiq turganini ko‘rib
yugurdi. Sochi peshonasiga tushgan, bosh yalang o‘g‘li rul’ chambaragini ushlab,u
yoq-bu yoqqa aylantirar, lablarini cho‘chchaytirgancha, og‘zini «motor» qilib
g‘uvillatar edi. U tuflichasi bilan o‘rindiqqa chiqqan bo‘lsa kerak, qizil chiyduxoba
g‘ilof loy bo‘lib ketgandi... Bola ko‘zlarini katta-katta ochib negadir iljayib qo‘ydi-
da, nari ketdi... Sirojiddin katta ko‘chaga chiqishi bilan gazni bosdi. (O‘.Hoshimov).