113
nom qulog‘imga kirgan. O‘sha vaqtda parkning mana shu o‘ng qanotlaridagi tepalik -
hozirgi teatr binosi tushgan joy – go‘riston edi (A. Qahhor). 6. Zuhra azaning
to‘qqizinchi kuni kirib keldi (A.Qahhor). 7. Hovlida, derazaning tagida turgan ikkita
xotin tik holda gaplashib turib, gapni mingboshi dodho va Zebi to‘g‘risiga
ko‘chirdilar (Cho‘lpon). 8. Aytishlaricha, kapalak vafoni bilmagani uchun guldan-
gulga qo‘naverar ekan (A. Qahhor).
Mashq.
Matndagi o‘rin va payt hollarini aniqlang. Ularning farqini
tushuntiring.
To‘tiqiz ertalab qo‘lga olgan do‘ppisining gulini tikib bo‘lib, bog‘chasidagi
shaftoli tagiga bordi, keyin nashvatilarni tomosha qildi. U erdan o‘tib, behilarni
ko‘rdi... To‘tiqiz so‘nggi vaqtlarda tinchini tamom yo‘qotib qo‘ydi. Uyga kirsa -
uyda, hovliga chiqsa - hovlida betoqat bo‘ladi. Nazarida kunlar oldinga emas, orqaga
ketayotgandek, bosgan izi manzilga yaqinlashtirmay uzoqlashtirayotgandek tuyiladi.
U ilgarilari hech qachon bu qadar betoqatlik sezmasdi. Hammasining og‘zida,
harakatida to‘y. Nahotki to‘y qiz bola uchun shu qadar larzali bo‘lsa! (M.Ismoiliy).
Dostları ilə paylaş: