Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

–ki, -mi
yordamchilari orqali birikkanda bosh gapdan keyin keladi, fe’lning shart mayli orqali 
birikkanda esa, bosh gapdan oldin keladi. 
Mashq.
Keltirilgan misollar orasidan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma 
gaplarni ajrating. Ergash gaplarni bosh gapga biriktiruvchi yordamchilarni aniqlang. 
1. Tabiat oq yopinchig‘ini tashlar-tashlamas, kurtaklar ko‘z uqalay boshladi 
(M.Ismoiliy). 2. Maysalar endi bosh ko‘tarib sabza bo‘lgan, niholar nish ura 


135 
boshlagandi (M.Qoriyev). 3. Bilamanki, bu dardlar, voqealar sizni ko‘proq tashvishga 
solmoqdadir (Oybek). 4. Men shuni bildimki, oqsoqol Fotima kelin haqida gap 
boshlanishi bilan Zuhra kelinni esladi. (O‘.Hoshimov). 5. Siz o‘ylaysizki, go‘yo bosh 
olish bilan olam tinchiydir (A.Qodiriy) 6. Siz ham bilingki, sevgan narsangiz o‘zingiz 
uchun kulfatdir (T.Malik). 7. Farida boshqalardan shu bilan ajralib turadiki, u juda 
xushmuomala va kamgap qiz. 8. Unutmaslik kerakki, nodon bilan ulfatda bo‘lgandan 
ko‘ra dono bilan kulfatda bo‘lgan yaxshi. 9. Bilasizmi, bizning xotin-qiz zotining 
yuragi juda ajoyib, pok, sezgir bo‘ladi. 
Mashq.
Berilgan misollardagi tushirib qoldirilgan o‘rinlardagi biriktiruvchi 
yordamchilarni belgilang va ular qanday qo‘shma gap komponentlarini biriktirib 
kelganligini ayting. 
1. Bizga shahanshohning iltifot va muruvvatlari baland, ammo unutmaylik..., 
podsho va Alisher bir qarich yoshdan boshlab do‘st bo‘lishganlar. (Oybek) 2. 
Go‘riston to‘g‘risida dodho nimalarni eshitgan bo‘l..., Unsin ham shuni eshitgan 
(A.Qahhor). 3. U shunday jozibali va ma’sum edi..., ilk gullagan bodom niholini 
eslatardi. (O.Yoqubov). 4. Yana shuni sezdim..., u nari borsa o‘zim tengi yosh yigit 
ekan (O‘.Hoshimov). 5. Shuni biling..., o‘ziga qaramagan ayol uyiga ham yaxshi 
qaramaydi. 6. Bilaman... bu dardlar, voqealar sizni ko‘proq tashvishga solmoqdadir 
(Oybek). 7. Bilasan..., ona turfa yurtlarda (ularning ko‘pida bo‘lganman men ham) 
Ajoyib bir kun bor – Onalar kuni, Bu kunni hamma shod qiladi bayram. 
(R.Hamzatov) 8. Kimki o‘zi tug‘ilib o‘sgan kulbadan ton.., Kim elini mag‘lub ko‘rib 
quvon..., Uni bossin o‘zga kulbaning toshi, Tuproqning ostidan chiqmasin boshi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin