139
kabi so‘zlar ishtirok etadi. Misol: Qayerda yurt tinch bo‘lsa, o‘sha yerda farovonlik
bo‘ladi.
Mashq.
Berilgan misollarning qaysi xil ergash gapli qo‘shma
gap ekanligini
aniqlang. Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositani belgilab bering.
1. Qayerda yaxshi imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa, hammamiz o‘sha yerga borib
ishlashga intilardik. 2. Ko‘prik
ustiga yetib kelganimizda, hech kim yo‘q edi
(O‘.Hoshimov). 3. Qayerdaki iste’dodlarga, baxillar zavol keltirolmasa, o‘sha yerda
kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilish oson (P.Qodirov). 4. Mingboshi qayerda bo‘lsa, Fosih
afandi ham shu yerda edi (M.Ismoiliy). 5.
Shuni unutmaslik kerakki,
halollik,
rostgo‘ylik, bilangina maqsadga erishish mumkin. 6.
Qayerda adolat,
tinchlik,
osoyishtalik hukmron bo‘lsa, shu erda odamlar baxtiyor umr kechiradilar. 7. Shunday
kunlar keladiki, sen o‘tkazgan umringdan mamnun bo‘lasan. 8. Ostonaning qayerida
it zotini ko‘rsang, o‘sha yerda bu qora bayir otlar o‘tlashi dargumon. 9. Shu kundan
boshlab o‘z ustida ishlab, yaxshilab ter to‘ksa, bobosining orzulari ro‘yobga chiqadi.
10. Sof vijdonli Iskandarov qayerda bo‘lsa, uning do‘sti
Ahmad Husayn ham shu
yerda bo‘lardi. 11. Qayerda bekorchilik bo‘lsa, shu yerda noxush ishlar ko‘p bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: