144
1. Chunon bexato, chunon zo‘r gapirdimki, hatto orada bir-ikki nozikroq gap
ham o‘tib ketdi. 2. Bu erlarning oftobi shunday saxiyki, osmoni haftalar, oylar
davomida bulut ko‘rmaydi. 3. Muhammad Jamol hayajon bilan stolni shunday urdiki,
natijada dudli lampaning yolqini lovillab ketdi. 4. Men shu qadar chaqqon, epchil
harakatlar qilardimki, xonimlar hayron bo‘lishib, menga er ostidan qarab qolardilar
(«Choliqushi»). 5. Bu o‘xshatishlar Boburning ikki podshohdan olgan taassurotlariga
shu qadar mos kelar ediki, u beixtiyor kulib yubordi (P.Qodirov). 6. Bizda shunday
odat borki, o‘zidan kichikni ham sizsiraydilar. 7. Navoiy she’riyati shunday
mo‘’jizaki, uni o‘rgangan saring qiziqishing orta boradi. 8. Shunday jannat bo‘ladiki,
bu jannatga kirish uchun sen odamlarga ibodat qilasan (A.Qahhor). 9. Shunday
ayollar borki, ular muhabbatni e’tiqod kabi muqaddas tutadilar. 10. Dunyoda shunaqa
hodisalar bo‘ladiki, birovga tushuntirish u yoqda tursin, o‘zing ham tushunolmaysan.
11. Shunday savdogarlar ham borki, ular halol luqma bilan yashaydilar.
Dostları ilə paylaş: