Tillar va adabiyot kafedrasi


Ergashgan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz birikishi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Ergashgan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz birikishi 
Ergashgan qo‘shma gaplar uslubiy talabga ko‘ra ba’zan yordamchilarsiz 
(komponentlarni biriktiruvchi grammatik vositalarsiz) ham qo‘llanishi mumkin. 
Ergashgan qo‘shma gaplarning deyarli barcha turi yordamchilarsiz, faqat 
intonatsiya orqali birikishi mumkin. 
Bunday qo‘shma gaplar tarkibidagi qaysi xil ergash gaplar yordamchilarsiz 
birikkanligi qo‘shma gapning mazmunidan anglashilib turadi. YA’ni mazmunga 
ko‘ra bunday qo‘shma gaplarda qaysi yordamchi qo‘llanishi lozimligi sezilib ham 
turadi. Masalan: 
Qo‘rqitmay o‘stirdim – botir bo‘ldingiz
(ertakdan). Bu gap qo‘shma 
gap shaklan ikki teng huquqli gapdan tuzilganday ko‘rinsa ham, mazmunan teng 
bo‘lmagan qismlardan tuzilib, unda sabab mazmuni anglashiladi. YA’ni bu qo‘shma 
gap mazmuniga mos ravishda biriktiruvchi vosita qo‘yib: 
«Qo‘rqitmay o‘stirdim, 
shuning uchun botir bo‘ldingiz» 
shaklida ishlatsak sabab ergash gapli qo‘shma gap 
hisoblanadi. 
Shuning uchun
bog‘lovchisini qo‘llamay «qo‘rqitmay o‘stirdim – botir 
bo‘ldingiz» shaklida qo‘llasak, sabab ergash gapli qo‘shma gapning yordamchisiz 
qo‘llangan ko‘rinishi hisoblanadi. 
Biz quyida turli ergash gaplarning bosh gapga yordamchilarsiz birikadigan 
ko‘rinishlarini bayon etamiz.: 
1. Qo‘shning tinch – sen tinch - Qo‘shning tinch bo‘lsa, sen tinchsan. 
2. Biz yaxshi bilamiz, vijdon inson qalbining hakamidir – Biz yaxshi bilamizki, 
vijdon inson qalbining hakamidir. 
3. Siz borsiz, bu olam ko‘rsatar jamol. (Shuhrat) – Siz borsiz, shuning uchun 
bu olam ko‘rsatar jamol. 
4. Tilagimiz shu: yaxshilar etsin murodga – Tilagimiz shuki, yaxshilar etsin 
murodga.
5. Ko‘rsatma berildi – ishni boshlab yuboramiz. – Ko‘rsatma berilishi bilan 
ishni boshlab yuboramiz. 
6. Bu so‘zlarni shunchalik ko‘p ishlatasiz, boshqa so‘zlar qulog‘ingizga erish 
eshitiladi. (A.Qahhor) – Bu so‘zlarni shunchalik ko‘p ishlatasizki, boshqa so‘zlar 
qulog‘ingizga erish eshitiladi. 
7. Odam borki, odamlarning naqshidir – Shunday odam borki, u odamlarning 
naqshidir. 


145 
8. Qayerda ahillik bor, shu yerda unum mo‘l bo‘ladi. - Qayerda ahillik bo‘lsa, 
shu yerda unum mo‘l bo‘ladi. 
9. Faqat shu esida: Ertasi kuni ko‘zini ochganda Sobirjon yonida yo‘q edi. 
(A.Muxtor) – Shu narsa esidaki, ertasi kuni ko‘zini ochganda, Sobirjon yonida yo‘q 
edi.
Yuqoridagi misollarning birinchisi shart ergash gapli qo‘shma gapning 
yordamchisiz ko‘rinishi, ikkinchisi to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapning 
yordamchisiz ko‘rinishi; uchinchisi sabab ergash gapli qo‘shma gapning 
yordamchisiz ko‘rinishi; to‘rtinchisi kesim ergash gapli qo‘shma gapning, beshinchisi 
payt ergash gapli qo‘shma gapning, oltinchisi natija ergash gapli qo‘shma gapning, 
ettinchisi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gapning, sakkizinchisi o‘rin ergash gapli 
qo‘shma gapning, to‘qqizinchisi ega ergash gapli qo‘shma gapning yordamchisiz 
birikkan ko‘rinishidir. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin