155
- Ish qog‘ozlari, odatda siyohli, sharikli ruchkada aniq dastxat bilan yoziladi.
Ariza, tarjimayi
hol kompyuterda yozilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Boshqa
hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin.
- Hujjatlarda o‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
- Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul
qilingan shaklda va muayyan
izchillikda tuziladi.
- Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so‘z va iborasiz) bayon
qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo‘nda bo‘lishi lozim. Ish qog‘ozlarida biror shaxsga
murojaat etilganda “Siz ” olmoshi (shuningdek, uning turlangan shakllari - “Sizga”,
“Sizning”, “Sizdan” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi.
- Son, odatda, raqam bilan yoziladi. Pul hujjatlari (dalolatnoma, ishonchnoma,
tilxat)da raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi.
- Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng qo‘shimcha
yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak, 4-bosqich.
Rim raqamidan
so‘ng defis (-) qo‘yilmaydi: I chorak, II bosqich.
- Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan №, §, %,
(telegrammalarda bular so‘z bilan – raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.)
- Ish qog‘ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo
chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, so‘ng shaxsiy imzosi va familiyasi
ko‘rsatiladi.
Tavsifnoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda, 3-shaxs imzo
chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan
tashqari ushbu imzoni
tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi.
- Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda –
15.11.2018; 02.08.2018 tarzida emas, balki quyidagi o‘zbekcha gap tuzilishidan kelib
chiqqan shaklda berish kerak: 2018.04.09; 2018.10.01. Bunda dastlabki to‘rt raqam
yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: