157
ishlaydigan bo‘lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar
uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.
Bundan qat’iy nazar har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi
lozim:
- ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota
ismi va familiyasi;
- ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi;
- hujjat nomi (Ariza);
- ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);
- zarur bo‘lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;
- qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);
- qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining
bosh harflari, familiyasi.
Dostları ilə paylaş: