Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
NAMUNA (shaxsiy) 
ISHONCHNOMA 
Men, Teatr san’ati fakultetining 4-bosqich talabasi Iroda Akbarova, 
kursdoshim, G‘ani Ibragimovga (CA seriyadagi 0860116 raqamli pasportga ega) 


160 
institut g‘aznasidan menga tegishli 2018-yilning sentyabr oyi stipendiyasini olish 
uchun ishonch bildiraman. 
2018.15.09.
Imzo
I.Akbarova) 
I.Akbarovaning imzosini tasdiqlayman. 
Teatr san’ati fakulteti dekani:
Imzo
(Sh.M.Murotov)
2018.15.09. 
 
Mashq.
Matnda tushirib qoldirilgan tinish belgilari va qo‘shimchalarni to‘g‘ri 
topib qo‘ying va daftaringizga ko‘chiring. 
ISHONCHNOMA 
Men Kamol Yo‘ldoshev guruhdosh... Abdulla Ahmedovga (…. seriyadagi ….. 
raqam… pasport… ega) Chilonzor tumanidagi 64-aloqa bo‘lim... men... nom... 
kelgan 150000 (bir yuz ellik ming) so‘m miqdoridagi pul jo‘natma... ol... uchun 
ishonch bildir…
2018-yil 5-may. (imzo) K.Yo‘ldoshev 
K.Yo‘ldoshev imzosini tasdiqlayman.
Institut kadrlar bo‘limi boshlig‘i: (imzo) A.Shukurov. 
(muhr) 
 
TILXAT 
Tilxat
– korxona, muassasa yoki ayrim shaxsdan ma’lum bir hujjat, pul yoki 
qimmatbaho buyumlar olinganligini tasdiqlovchi hujjat. Tilxat qarzni qaytarish 
muddati ko‘rsatilgan majburiyatni ham o‘z ichiga olishi. 
Tilxatning asosiy qismlari: 
1. Hujjat nomi (Tilxat) 
2. Tilxat beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi va lavozimi (pul yoki muhim 
hujjat olinganda pasport raqami va seriyasi yoki shaxsiy guvohnoma raqami 
ko‘rsatiladi.) 
3. Pul (qimmat buyum, hujjat) kimdan olinayotgan bo‘lsa, o‘sha muassasa 
nomi yoki shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, lavozimi. 
4. Olinayotgan qimmatbaho buyumning to‘liq va aniq ro‘yxati (pul miqdori va 
buyumlar soni avval raqam bilan, so‘ng qavs ichida so‘z bilan yoziladi). 
5. Olingan material yoki buyum nimaga ishlatilishi. 
6. Qimmatbaho buyum (pul, hujjat) kimning farmoyishiga ko‘ra yoki hujjat 
asosida olinayotganligi. 
7. Tilxat berilgan sana va beruvchining imzosi. 
Izoh: ba’zi hollarda tilxat oluvchining imzosi namunasi muhr bilan 
tasdiqlanadi. 
50 000 so‘mdan ortiq qarz shartnomasi qarz tilxati tarzida bitilishi mumkin. 
Bunday tilxat bitimi tuzilganligi haqidagi zarur ma’lumotlar (qachon, kimdan pul 
qarz oldi, qancha miqdorda, qayerda, kimga qaytarish kerak, qarz oluvchinng 
imzosi)ni o‘z ichiga oladi. Yirik miqdordagi pullarga beriladigan tilxat notarial 
idorasi tomonidan tasdiqlanadi va sud tartibi bilan undirishga hujjat hisoblanadi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin