27
uslubga xos bo‘yoqdor so‘zlar sanaladi.
Ketvorgan, paqqos tushirmoq, qitday, turq,
boyaqish
kabi so‘zlar esa oddiy-so‘zlashuv uslubiga xosdir.
Tilda emotsional-ekspressiv va uslubiy bo‘yoq quyidagi usullarda ifodalanadi:
1.
Leksik usulda
2.
So‘zning metaforik qo‘llash usulida
3.
Affiksatsiya usulida
4.
Kontekstual usulda
5.
Fonetik usulda
1. Leksik usulga
ko‘ra bo‘yoqdorlik so‘z negizining o‘zi bilan ifodalanadi,
ya’ni bo‘yoqdorlik so‘zning o‘zida bo‘ladi. Buni leksik ifodalanish deyiladi. Masalan,
azamat, dilbar, dildora, lobar, xushsurat, fusunkor, pariro‘y, oyparcha, nuroniy,
hassos; nomard, makkor, kazzob, benomus, xoin, ig‘vogar, iflos
Dostları ilə paylaş: