Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

barqaror birikmalar 
deyiladi.
Tilshunoslikning barqaror birikmani o‘rganuvchi bo‘limi 
paremiologiya 
(lotincha parema – “barqaror”, logos – “ta’limot”) deyiladi.
Barqaror birikmalar so‘z birikmasiga, so‘z qo‘shilmasiga, gapga o‘xshab 
ketadi. Ammo bu birliklar erkin bog‘lanish asosida yuzaga kelib, ularning 
bog‘lanishini o‘zgartirishimiz mumkin. Masalan:
 Kitobning varag‘i (so‘z birikmasi) – 
kitobimning varag‘i.
Barqaror birikmani “buzish” – unga so‘z kiritish, almashtirish, olib tashlash 
mumkin emas. 
Barqaror birikmalar: 
iboralar (frazeologizmlar); 
maqol va matallar; 
hikmatli so‘zlar (aforizmlar) 
 
Iboralar.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning yaxlit bir ko‘chma ma’no 
ifodalashiga ibora (
frazeologik
birlik) deyiladi. 
1. Iboralarning ma’nosi ko‘pincha bir so‘zga teng keladi. Masalan: 
Yog‘ tushsa 
yalaguday – toza; qo‘li ochiq – saxiy; qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – yuvosh.
Iborani o‘rganuvchi bo‘lim 
frazeologiya 
deyiladi. Iboralar tarkibidagi so‘zlar 
o‘z ma’no mustaqilligini yo‘qotadi va boshqa ko‘chma ma’noni anglatishga xizmat 
qiladi. Masalan:
ammamning buzog‘iday – lapashang ma’nosi
. Iboralar gapda bitta 
gap bo‘lagi vazifasida keladi. Masalan: 
Xolida bu gapdan keyin mum tishlab qoldi. 
(gapirolmadi so‘ziga teng bo‘lib, kesim vazifasida kelyapti)


36 
Iboralar fikrni obrazli, ta’sirchan, jozibali qilishda katta ahamiyatga ega. 
Shuningdek, ba’zi iboralarda hissiy-ta’siriy bo‘yoq ham mavjud bo‘ladi. Masalan: 
Ilonning yog‘ini yalagan – ayyor 
(salbiy bo‘yoq ma’nosi berilgan)
Iboralarni o‘z ma’nosida qo‘llangan erkin so‘z birikmalaridan farqlash lozim. 
Masalan: 
kaltak zarbidan boshi shishdi
– o‘z ma’nosida qo‘llangan. 
Nima qilishini 
bilmay boshi shishdi 
– ko‘chma ma’noda qo‘llangan ibora. 
Boshqa tilga aynan tarjima qilib bo‘lmaydigan iboralar

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin