Adabiyot 11 II qism indd



Yüklə 3,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/45
tarix11.11.2023
ölçüsü3,35 Mb.
#132032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
adabiyot 2qism 11 uzb

kacha 
keltirub, yana o‘pib, uzatar. Shul chog‘da ikki g‘ijjakning 
«Bebokcha»
1
 kuylagani eshitilar. Xon cholg‘u tovushini qay­
g‘u ostida tinglag‘andan so‘ng, so‘ylar.) Insonlar – dunyo-
ning uyalmoq bilmagan hayvonlari! Biringizning ko‘z yoshlari 
biringizning shodlik bog‘chalarini sug‘oradi. Biringizni(ng) mo-
tam ingrashlari yana biringizning to‘y cholg‘ularini kuylatadi! 
Bir-biringizning borliqlarini yeb, hirslaringizni to‘ydirmoqdan 
qachong‘acha bezmaysiz! (Kun oqarg‘anin ko‘rib.) Namozimni 
o‘qib olayin. (Joynamozni yoyar. Namozning birinchi rakatini 
o‘qig‘ach, uyning bir puch 
mog‘idan devorning teshilgani sezi­
ladir. Kesak, tuproqlar to‘kila berar. Xon namozning ikkinchi 
rakatini tez bitirar. Telbalanib turar. Buyuk bir qo‘rquv bilan 
ishning so‘ngini kutib turar. Devor kattaroq ochilg‘ach, uzun 
soqolli bir qishloqli bir qozma ko‘tarib chiqar
). Bu kim?.. Sen 
kimsen?! (Haligi odam, gapirmayin qozmasini yerga qo‘yib, 
telpagini olib, yasama soqolini yechgach, Ulfat ekani ongla­
shilar). Ulfat!..
U l f a t. Men, Ulfat qulingizman, xoqonim!
X o n. Oh... Ulfat, nega bunday kelding?
U l f a t. Qo‘rqmangiz, sizga xizmat uchun. (Xonni 
qo‘ltig‘idan olib, katga o‘tqazar. Uyning eshigini sekingina 
yopar. Qaytib kelib, xon yonida o‘tirar.) Bilasizmi, Rahimbiy 
meni tutib o‘ldirmak uchun tirishadi. Men qochib yuribman.
X o n. Qayda eding?
U l f a t. Men Eron qo‘shinida edim.
X o n. Ishimiz nima bo‘lar! Meni Erong‘a yubora ekanlar, 
to‘g‘rimi?
U l f a t. Nodirshohga Rahimbiy ham, Hakimbiy ham 
sizni o‘ldirmaslik uchun so‘z bergan ekanlar. Nodirshohni 
buyrug‘i bilan Rahimbiyga qo‘shilib kelgan Eron qo‘shi-
ni sizni omon-eson olib qaytarg‘a shohdan buyruq olg‘on 
ekanlar.
X o n. Qachon borarmiz emdi!
1
« B e b o k c h a » – lug‘aviy ma’nosi: sho‘x, shaddod. Bu yerda: maqomda 
ufor usulida aytiladigan mashhur xalq qo‘shiqlaridan biri. Navoiyning «Chashmi 
ohularmidir», Zebunisoning «Nashud» g‘azallari shu usulda qo‘shiq qilib aytilgan. 
Shu qo‘shiqlarning kuyi nazarda tutiladi.


19
U l f a t. To‘xtang, hali ish buzilib qolg‘an.
X o n. Nima bo‘lg‘an?
U l f a t. Nodirshohning o‘lim xabari kelgan.
X o n. Nima... Nima... Nodirshoh o‘lganmi?
U l f a t. O‘ldirilgan.
X o n. Kim o‘ldirg‘an uni?! E, voy... Menim baxtim qaro 
ekan!
U l f a t. Eron eli yog‘iqib, uni o‘ldirganlar. Bu xabar 
Buxorog‘a kelgandan so‘ng, Rahimbiy sizni yubormoq fikri-
dan qaytqon.
X o n. Emdi men nima qilaman?
U l f a t. Eron qo‘shini sizni omon-eson qo‘lig‘a olmasa, 
Bu xorodan ko‘chmaydir. Buni shu kun Rahimbiyga bildirdilar.
X o n. Nima degan u?
U l f a t. Hanuz bir narsa demagan, biroq Eronning 
qo‘shin boshliqlari Rahimbiy sizni o‘ldirib qo‘ymasin, deb 
qo‘rqalar. Sizni, ishqilib, qochirmoq uchun meni yubordilar. 
Shu tobda men bilan qochasiz. (Eshikka borib, tinglag‘an­
dan so‘ng.) Kelingiz, shahardan chiqib, Eron qo‘shinig‘a 
qo‘shilamiz.
X o n. Qanday qilib qochaman?
U l f a t. Qochmoqning qanday-mandayi yo‘q, mana shu 
yo‘lga kirib olsangiz, qochib qutularmiz. Menga ishoningiz, 
hech qo‘rqmangiz.
X o n. Bolalarni, nima qilayin?
U l f a t. Vaqtimiz oz qolg‘an. Yuringiz, tez qochaylik. Bir 
balo chiqmasin.
X o n. Bolalarim nima bo‘lalar?
U l f a t (eshikni tinglab qaytg‘andan so‘ng). Buxoro taxtig‘a 
Chingiz bolalaridan boshqa kishi chiqarilmaydir. Shu 
ning 
uchun Rahimbiy katta o‘g‘lingizni xon ko‘taradir. Sizning 
ularga ishingiz bo‘lmasin. (Qo‘lini tutib.) Turingiz, bot qo-
chaylik emdi.
X o n (o‘rnidan turar). Men qochg‘ach, bolalarimni 
o‘ldirmaylarmi?
U l f a t. O‘ldira olmaylar. O‘g‘lingizni xon ko‘tarishdan 
boshqa choralari yo‘qdir. Yuringiz, tez qochaylik. (Xonni 

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin