13
Miyaning tanaga bo’lgan nisbati: Kit miyasining tanasiga nisbati
20000
1
, fil
miyasining tanasiga nisbati
400
1
, maymun miyasining tanasiga nisbati
100
1
,
Odam miyasining tanasiga nisbati
46
1
.
Ayniqsa, bosh miya katta yarim sharlari kishi organizmi hayotida muhim
ahamiyatga ega. Odamda o’rtacha 14-15 milliard neyrondan iborat. Eng muhim
rolni miya po’stining peshona qismi o’ynaydi. hayvon taraqqiyotining yuqoriroq
bosqichiga qanchalik ko’tarilsa, miya yarim sharlari po’stining peshona qismi
shunchalik kattaroq bo’ladi.
Inson bosh miyasi, hayvon miyasidan ancha og’irdir.
Odam miyasi - 1400 g.
Ot miyasi - 650 g.
Gorilla miyasi - 400 g.
Ho’kiz miyasi - 500 g.
Kit miyasi - 2800 g.
Fil miyasi - 4000 g.
Individning psixik hayotida miyaning og’irligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ammo miyaning tuzilishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kishining
aqli haqida miyaning og’irligiga qarab hukm chiqarish to’g’ri emas. Ba'zi kishilar
miyasining vazni o’rtacha vazniga qaraganda ancha og’ir bo’lgani shuningdek,
ba'zi kishilarning miya vazni o’rtacha darajadan kamroq ham bo’lgani ma'lum.
Masalan: I.S.Turgenevning miyasi 2012 g, V.M.Bexterevning miyasi 1720
g, I.P.Pavlovning miyasi 1653 g, D.I.Mendeleevning miyasi 1751 g, Anatol
Fransisning miyasi 1017 g bo’lgan.
Odamning bosh miyasi kishi psixikasining o’ziga xos takrorlanmas,
murakkab organi hisoblanib, u katta yarim sharlar, miyacha, oraliq miya, o’rta
miya va uzunchoq miyadan iborat.
Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam
organizmidagi barcha organlarning o’zaro faoliyati va bir-biri bilan bog’lanishini
hamda uning tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqasini ta'minlaydi. Psixik
faoliyatlarning ko’pgina qismi bir necha qator bo’lib, joylashgan nihoyatda ko’p
nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko’p) tashkil topgan, kulrang modda
qatlamidan iborat bo’lgan bosh miya katta yarim sharlari qobiq ining faoliyati bilan
bog’liqdir.
Nerv tizimi nerv to’qimasidan tashkil topgan bo’lib, u o’z navbatida nerv
hujayralaridan iborat.
Har bir nerv hujayrasi, ya'ni neyron yadrosi bo’lgan juda ko’p tarmoqlangan
kalta o’simtalar -
Dostları ilə paylaş: