14
Nerv hujayralari to’plami miyaning kulrang moddasini, nerv tolalarining
to’plami esa miyaning oq moddasini tashkil etadi. Nerv to’qimasi o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lib, ular qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik asosiy
xususiyatlar hisoblanadi.
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat. Orqa miya umurtqa
pog’onasining kanalida joylashgan bo’lib, nerv to’qimasidan iborat.
Orqa miya
ikkita yarim, ya'ni o’ng va chap qismlardan iborat bo’lib, ularni uzunasiga ketgan
oldingi va orqa kesiklar ajratib turadi.
Orqa miyada nerv tolalarining tutamlari joylashgan bo’lib, sklet muskullari,
nerv va shilliq qavatidagi periferik nerv uchlaridan qo’zg’alish nerv impulslari
ko’rinishida, ular orqali miyaga u yerdan esa periferiyaga yetkaziladi.
Orqa miyada ongsiz reflektor harakatlarning gavda va qo’l-oyoqlar
muskullarning, shuningdek bir qator fiziologik jarayonlarning tomirlarni
harakatlantiruvchi, teri ajratuvchi va boshqa markazlar joylashgan.
Bosh miya qutida joylashgan bo’lib, orqa miyaning ustida joylashganga
o’xshaydi. Bosh miyada uzunchoq miya,
orqa miya, o’rta miya, oraliq miya va
oldingi miya farqlanadi.
Orqa miya, Varoliy ko’prigi va miyachadan iborat bo’lib, uzunchoq miya
bilan birgalikda miya sopini tashkil qiladi. Miya sopi orqa miyani davomidek
tutashgan.Uzunchoq miya orqali orqa miyadan bosh miyaning yuqori bo’limlariga
impulslar o’tadi va orqaga qaytadi.
Uzunchoq miyaning yadrolari murakkab refleks aktlarida ishtirok etadi;
so’rish, chaynash, so’lak ajratish va hokazo.
Miyacha tana harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi. O’rta miya-
to’rt tepalik qizil yadro muskul tonusining me'yoriy
taqsimlanishini, tovush va
yorug’lik qo’zg’atuvchilarini hamda og’irlik kuchiga nisbatan tananing to’g’ri
joylashishini idora etadi.
Oraliq miyada sezuvchanlikning oraliq markazlari mujassamlashgan.
Oldingi miya va uni qoplab turgan po’stloq bosh miyaning oliy qismlarini tashkil
etadi. Oldingi miya bosh miyaning eng katta qismini deyarli 80 foizini tashkil
qiladi va peshona sohasidan ensagacha cho’zilgan yoriq bilan ajrashgan ikkita o’ng
va chap yarim sharlardan bir-biri bilan qadoqsimon tana yordamida birikadi.
Yarim sharlarning barcha yuzasi (qariyb 2200 sm) miya po’stlog’i deyiladi.
Miya po’stlog’i kulrang moddadan tashkil topgan. Uning qalinligi turlicha bo’lib
4-5 mm.gacha boradi.
Bosh miya katta yarim sharlari qobiqining yuzasi odamda katta sohaga
ajratiladi, peshona (eng katta), tepa, ensa va chakkadan iborat. Bir xildagi
hujayralar qatlamidan iborat qismlar (qobiq shakli
va faoliyatining vazifalari
turlicha bo’lgan oltita qatlam hujayralaridan tashkil topgan) qavatlardan (maydon)
iborat. Odamda hammasi bo’lib 52 ta maydon mavjud. Bosh miyaning po’stlog’i
ostida yotgan qismlarini qobiq osti sohasi deyiladi. qobiq osti sohasi va qobiq osti
tutamlari umumiy sezuvchanlikning differensiyalashgan markazlari hisoblanadi.
Bu soha bizning emosiyalarimiz va instinktlarimiz bilan bog’langan.
Periferik nerv tizim markaziy nerv tizimi bilan ajralmas yaxlitlikni tashkil
etadi. Periferik nerv tizimi markaziy nerv tizimidan chiqib, tarmoqlanib, shu bilan
15
birga butun organizmni markaziy nerv tizimi bilan bog’lovchi nervlardan tashkil
topadi.
Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi. Periferik
nervlarning ikki turi: sezuvchi va harakat nervlari farqlanadi. Sezuvchi nervlar nerv
uchlaridagi tuzilmalarda ta'sirlovchilar tufayli hosil bo’lgan qo’zg’alishni
markazga, ya'ni orqa miya va bosh miyaga yetkazib beradi. Ushbu nervlar
boshqacha
qilib aytganda, qo’zg’alishni qabul qiluvchi markazga intiluvchi yoki
afferent nervlar deyiladi.Harkatlantiruvchi (motor) nervlar markazdan kelayotgan
impulslarni muskullarga va bezlarga yetkazadi. Bu nervlarni markazdan qochuvchi
yoki efferent nervlar deb ham ataladi.
Vegetativ nerv tizimi - orqa miya bo’ylab va undan chetda joylashgan nerv
tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ
nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va
boshqa organlarida joylashgan bo’lib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi.
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning
kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va
parasimpatik nerv tizimidan
(uning markazlari o’rta miyadagi turli tepalikda Varoliy ko’prigida, uzunchoq
miyada va orqa miyaning dumg’aza qismida joylashgan) iborat.
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a'zolar faoliyatini idora qilishda
o’ziga xos "antagonistlar" qarama-qarshi bo’lib, bir organ faoliyatini qarama-
qarshi holatga keltiradi.
Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, parasimpatik tizim esa
bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me'yordagi faoliyati simpatik va
parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma'lum bir "muvozanatida" saqlanadi.
Vegetativ nerv tizimi emosional kechinmalarda katta rol o’ynaydi.
Odamning ko’pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va holatlarini idora
etishda retikulyar formasiya alohida rol o’ynaydi.
Retikulyar formasiya orqali
miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari tarmoqi bilan o’zaro
birikkan to’rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik faoliyatiga, bosh miya
qobig’ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga,
miyachaga va orqa
miyaga ta'sir qiladi.
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o’rganish tarixi
ikkita yo’nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini
o’rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini
ochishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: