O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Shaxsning o'zi uchun qimmatli va yoqimli bўlgan muayyan narsa va hodisaarga



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Shaxsning o'zi uchun qimmatli va yoqimli bўlgan muayyan narsa va hodisaarga 
munosabatini aks ettiradi.
Mazmuni 
Qiziqish ma'lum yo’nalganlikni 
anglatadi. Moddiy, ijtimoiy,
siyosiy , kasbiy, bilish estetik 
sportga qiziqish va boshqalarga 
ajratiladi. 
 
Maqsad 
Qiziqish bekaror va barqaror 
xarakterda bo'ladi. Bevosita 
faoliyat jarayonining o'ziga 
bo'lgan qiziqish bavosita bu 
faoliyat natijalariga qiziqish. 
 
Barqarorligi
Qiziqishlar har xil muddatli va 
saqlanishligi bilan tavsiflanadi. 
Qiziqishlarning barqarorligi
esda olib qolishning 
davomiyligida ko'rinadi. 
Kengligi
Qiziqishlar bitta sohada 
to'plangan bo'lishi mumkin. 
Shuningdek, ko'p ob'ektlar 
o'rtasida
 
taqsimlangan
bo'lishi mumkin. 
Qiziqishlar 


105 
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan L.A.Dobrinin, N.D.Levitov, 
M.F.Belyaev, 
L.A.Gordon, 
L.I.Bojovich, 
N.G.Mordova, 
M.G.Davletshin, 
M.V.Voqidov, E.G.Goziev va boshqalarning nazariy metodo-logik xususiyatga ega 
bo’lgan asarlarida hamda maxsus eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi - bu odam-lar 
tomonidan anglab etish yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, 
uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob'ektiv borliqdagi narsa va 
hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik (anglash, 
tushunish) insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi 
tufayli yuzaga keladi. Inson o’z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda 
yoqimli his-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy qoniqish esa o’z navbatida lazzatlanish ( 
praksik) hissini vujudga keltiradi, buning natijasida frustrasiya (ruhiy tushkunlikka 
tushish) uning shaxsiyatini egallaydi. 
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi-uning irodaviy 
sifatlar bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo’r berish, 
muayyan qaror bo’yicha intilish, ba'zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillikni 
namoyon qilish xususiyatini qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari etaklaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining to’rtinchi ko’rinishiuni oliy nerv 
faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda 
namoyon bo’lishidir. qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to’g’risida 
mulohaza yuritilganda, dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati 
haqidagi ta'limotini ta'kidlab o’tish joiz, uning "bu nima?" refleksi, ya'ni 
orientirovka (mo’ljal olish) refleksi qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda 
muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin,
N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin va boshqalar insondagi 
qiziqishning nerv - fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari 
po’stloqida orientirovka refleksi negizida murakkab muvaqqat boqlanishlarning 
vujudga kelishidir, degan tarzda talqin qildilar. Qiziqishning moddiy asoslari 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin