O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


o’zaro induksiya qonuni, po’stlog’dagi optimal qo’zg’alish o’choqi va dinamik



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

o’zaro induksiya qonuni, po’stlog’dagi optimal qo’zg’alish o’choqi va dinamik 
stereotiplar 
(I.P. Pavlov), 
dominanta
(A.A. Uxtomskiy), 
orientir murakkab 
psixofiziologik hodisa ekani
(E.N. Sokolov) va boshqalar bo’lib hisoblanadi. 
Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin:
Mazmuniga ko’ra
: shaxsiy va ijtimoiy; 
Maqsadiga binoan
: bevosita va bilvosita; 
Ko’lamiga qaraganda
: keng va tor; 
Qiziqishlar darajasi bo’yicha
: barqaror va beqaror va boshqalar. 
Qiziqishning mazmun jihatidan o’zaro tafovutlanishi quyidagilarda 
mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob'ektlari qaysilar, bilimning mazkur 
faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi; shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan 
munosabati kabilar. 
Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon 
bo’ladigan qiziqishlarning voqelik, jismlar va hodisalarning emosional jozibaliligi, 
his-tuyg’ularga ega bo’lishligi, tashqi ta'sirlarga beri-luvchanligi tufayli vujudga 
keladi. Bevosita qiziqishlar o’rganilayotgan narsaning ma'nosi bilan uning shaxs 


106 
faoliyati uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo’lishi mumkin. 
Psixologiyada bevosita qiziqishning yuzaga kelishi faoliyatning maqsadini anglash 
bilan bog’liq bo’lgan bilishni ehtiyoj deb atash qabul qilingan. U yoki bu narsalarni 
(hodisalar mohiyatini) bilish, ko’rish, idrok qilish, anglab etish uchun qiziarli 
tuyulgan ichki kechinmalar bevosita qiziqishni aks ettiradi. Bilvosita qiziqishlar 
mehnat faoliyati yoki ta'lim olish jarayonining muayyan ijtimoiy ahamiyati bilan 
uning shaxs uchun sub'ektiv ahamiyati o’zaro mos tushganida bilvosita qiziqish 
yuzaga keladi. Mehnat faoliyati va ta'lim jarayonini ongli tashkil etish etakchi va 
ustuvor rol o’ynaydigan bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish uchun maxsus 
tamoyillarga, omilkor yo’l-yo’riqlarga o’rgatish maqsadga muvofiqdir. 
Odamlarning qiziqishlari o’zining ko’lami bilan bir-biridan farq qiladi. 
Shunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga 
qaratilgan bo’ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator 
sohalarga, fanlarga, ob'ektlarga yo’naltirilganini uchratishimiz mumkin. Lekin turli 
sohaga nisbatan qiziqishlarning biri, agarda ularni oqilona boshqarish imkoniyatiga 
bo’lsa, ikkinchisiga salbiy ta'sir etishi mumkin emas, qiziqishning torligi ko’pincha 
salbiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, lekin ayni chog’da ularning kengligi 
ham nuqson tariqasida tahlil qilinsa bo’ladi. Biroq shaxsning barkamol shaxs 
bo’lib kamol topishi qiziqishlar ko’lamini tor emas, balki keng miqyosda bo’lishini 
taqazo etadi.
Qiziqishlar o’zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga 
ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo’lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan 
predmetlariga, ob'ektlariga, hodisalarga nisbatan o’z maylini hech o’zgarishsiz 
saqlab tura oladi. Shu boisdan inson ehtiyojlarini o’zida mujassamlashtiruvchi, 
shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar 
deyiladi.
Inson shaxsi xulq-atvorining o’z motivlari bo’ladi. 
Motiv
- ma'lum 
ehtiyojlarni qondirish bilan bog’li bo’lgan qandaydir faoliyatga moyillikdir. Agar 
ehtiyojlar inson shaxsi faolligining mohiyatini tashkil etsa motivlar bu 
mohiyatning namoyon bo’lishidan iboratdir. Shaxsning ehtiyojlari motivlar bilan 
bog’liqdir. Shuning uchun motivlar bir-biridan ehtiyoj turlariga qarab farqlanadi. 
Masalan, moddiy ehtiyojning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar yoki 
ma'naviy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog’liq bo’lgan motivlar bo’lishi 
mumkin. Motivlar anglanilgan va anglanilmagan bo’lishi mumkin. Anglanilmagan 
motivda odam nimanidir istaydi, ammo o’sha narsa nimaligini tasavvur ila 
olmaydi. Demak, motivlar inson shaxsi xulq-atvorini va turli faoliyatlarini 
harakatga keltiruvchi sababdir. Xatti-harakatlarning muhim motivi e'tiqoddir. 
E'tiqod
- shaxsning o’z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga mos ravishda 
harakat qilishga undovchi anglanilgan ehtiyojlar tizimidir. Tilaklar ham xatti-
harakat motivlari bo’lib, bu motivlarda mazkur vaziyatda bevosita bo’lmagan 
yashash va taraqqiy etish sharoitlarida ehtiyojlar o’z ifodasini topadi.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar borasida eng ko’p o’rganilgan 
masala 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin