O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Proprioreseptiv sezgilar
(lot. proprius - xususiy, maxsus, recipere - qabul 
qilmoq) - tananing turli qismlaridagi holatlardan va ularning harakatlaridan darak 
beruvchi sezgilar.
Sensibilizasiya 
(lotin. sensibilis - sezuvchan) - ichki omillar ta'siri natijasida
analizatorlar sezgirligining ortib ketishi. 
Sensor sezgilar
(lot, sensus - sezgi, his) - sezgi a'zolariga taalluqli sezgilar. 
Sensorika sezgi va idrokni umumlashtiruvchi tushunchadir.
Sinesteziya
(yunon. sineistcsus - birgalikda sezish) - turli xildagi 
sezgilarning o’zaro ta'siri natijasida qo’shilib ketishi, (jumladan, eshitish va ko’ruv 
sezgilari va h.k.) 
Ta'm bilish
- sezgi turi (shirin, achchiq - chuchuk, tuzli). Analizator til 
o’zagidagi nerv tugunlari hamda bosh miya po’stloq qismidagi ta'm bilish 
markazidadir.


149 
Farq qilish chegarasi
- qo’zg’ovchilar o’rtasidagi bilinar - bilinmas farqni 
sezish. Bu avvalgi qo’zg’ovchilar bilan keyingi qo’zg’ovchilar o’rtasidagi 
qandaydir farq borligini seza olishda ifodalanadi.
Eksteroreseptiv sezgilar
- tashqi olamdagi narsa va hodisalarning turli 
xususiyatlari haqida darak beruvchi sezgilar mas., ko’rish, eshitish, hid va ta'm 
bilishdan iborat tashqi sezgilar.
Hid bilish sezgisi
- sezgi turi, xillarini aks ettirish jarayoni. Uning analizatori 
burun to’siqining shilliq pardasida joylashgan va uning markazi bosh miya 
po’stloq qismidadir.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular 
1.
Sezgilar haqida umumiy tushuncha. 
2.
Sezgilarning tasnifi. 
3.
Sezgilarning turlari. 
4.
Sezgi sohasidagi qonuniyatlar. 
5.
Psixologiya fanida sezgi nazariyalari. 
6.
Veber-Fexner qonuni. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin