O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

I.I.Sechenovning
ta'kidlashicha, odam hozirgi 
idrokidan hosil bo’lgan obrazlar ilgarigi idroklarida vujudga kelgan va xotirasida 
saqlanib qolgan obrazlar bilan taqqoslab ko’radi. Agar hozirgi idrokdan hosil 
bo’lgan obraz ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga
to’la mos kelsa, ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi. Aksincha, agar 
hozirgi idrokdan hosil bo’lgan obraz ilgarigi obrazga mos kelmasa, ya'ni ayni 
chog’da idrok qilayotgan narsani odam tanimasa idrok davom ettirila beradi. Idrok 
jarayonida nutq va tafakkurning qatnashishi shunda namoyon bo’ladiki, har bir 
idrok nihoyasiga borib, hukm shaklida, ya'ni chigal gap shaklida ifodalanadi. 
Chunonchi odamni yoki biror idishni idrok qilayotganimizda idrokimizni, "bu 
piyola" deb tugallaymiz. Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning 
mazmunini ravshanlashtiramiz. Agar idrok jarayonida narsalarning nomini atay 
olmasak, ya'ni idrok qilayotgan narsalar bizga notanish qandaydir yangi narsalar 
bo’lsa, unday paytda idrok jarayonidagi tafakkur faollashib ketadi. Odam idrok 
qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida o’ylay boshlaydi. 
Idrok jarayonida xayolning qatnashishi shunda ko’rinadiki, odam o’zidan 
allanimalarni qo’shib, idrok qilayotgan narsasidan hosil bo’lgan obrazning 
mazmunini kengaytirib yuboradi. Masalan, osmondagi to’da-to’da bulutlarga 
qarab, ularning shaklini nimalargadir o’xshatish mumkin. Idrok jarayonida 
xayolning ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol ko’rinadi.
Idrok jarayonida his-tuyg’ularning ishtirok qilishi shu idrok qilayotgan 
narsalarimizga nisbatan hosil bo’ladigan munosabatlarimizda ko’rinadi. Odam 
idrok qilayotgan hamma narsalarga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. 
Agar odam ilgari biror narsani idrok qilayotgan paytda qattiq xafa bo’lgan, 
kayfiyati buzilgan bo’lsa, shu narsani yana ikkinchi marta idrok qilganda yana 
hissiyotlarga nisbatan bo’lsa ham sodir bo’ladi. Bundan tashqari idrok hissiy 
holatning ishtiroki yana shunda ochiq ravshan ko’rinadiki, odam qattiq qo’rqinch 
hissini boshidan kechirayotgan paytda idroki yanglish bo’ladi, ya'ni kuchli hissiy 
holat ta'sirida ayrim narsalar boshqacha bo’lib ko’rinadi. Chunonchi kechasi 
qorong’i ko’chada qo’rqib kelayotgan odamga ro’parasidagi to’nka pisib, poylab, 
o’tirgan odamga o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun ham " qo’rqqanga qo’sha 
ko’rinar" degan xalq maqoli bejiz aytilgan emas. Aksincha, odamning kayfiyati 
choq, xursand paytida hamma idrok qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli bo’lib 
tuyuladi.
Ma'lumki, idrok sezgi a'zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok 
jarayonida bir necha sezgi a'zosi ishtirok etadi. Lekin ulardan biri eng muhim 
o’rinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda ko’rish organi, musiqa va nutqni 
idrok qilishda eshitish organi yetakchilik qiladi. Idrok jarayonida qaysi sezgi 
a'zosining yetakchilik rolini o’ynashiga qarab, idrokni bir necha turlarga ajratish 
mumkin. Masalan, ko’rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta'm bilish 


155 
idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo’lib, 
bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan, kinofilmni idrok 
qilishda ko’rish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak atrofdagi narsa va 
hodisalar bir-biriga bog’liq. Ular muayyan makonda ma'lum vaqtda sodir bo’ladi. 
Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda 
shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir.
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga 
qaraganda murakkab psixik jarayon qisoblanadi. Idrokning murakkabligi 
quyidagilarda ifodalanadi:

Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni 
idrok qilish, bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va 
rangini aks ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, 
mazasini aks ettiruvchi ta'm bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri 
sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va 
idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Ular ishtirokida narsaning 
barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning perseptiv 
tomonini tashkil qiladi. 

Har bir idrok tarkibiga kishining o’tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari 
kiradi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin