O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Ikkinchi signal tizimi
- odamga xos shartli reflektor bog’lanishlar tizimi 
bo’lib, nutq signallarining bevosita ta'sirida shakllanadi, I.S.T. - birinchi signal 
tizimi asosida hosil bo’ladi. Bu - umumlashgan mavhum tafakkurning asosi.
Mielin
(yunon. myelos - iliq)- nerv tolalarnnnng yumshoq qobig’i tarkibiga 
kiruvchi yog’simon moddalar aralashmasi.
Neyron
(lot. neoron - tola, ip) - asab tizimining asosiy tuzilishi va funksional 
birligi, u asab katakchalari, to’qima va undan uzoqlashuvchi o’simtalardan iborat.
Nervlar
- tizimchasimon murakkab tuzilma, nerv tolalari tutami, ular miyani 
va nerv tushunchalarini tananing boshqa a'zolari bilan bog’laydi.


21 
Ong
- ob'ektiv borliqni psixik aks etgirishning faqat insongagina xos yuqori 
usuli. Odamlarning ijtimoiy tarixiy faoliyati vositasida paydo bo’lgan.
Ongsizlik
- odam ongiga borib yetmagan psixik jarayonlar majmui. 
Ong osti holatlari
- aktual ravishda anglab olinmaydigan psixik jarayonlar 
va psixik holatlar yig’indisi. Odamning xatti -harakatlari va uning ongi mazmuniga 
ta'sir etishga qodir.
Psixika
(yunon. psychikos - ruhiy) - yuksak darajada tashkil topgan materiya 
- miyaning funksiyasi. Uning mohiyati tuyg’ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va 
boshqalar ko’rinishida aks etirishdan iborat.
Psixik jarayonlar
- u yoki bu psixik mahsulot va natijalarni (psixik 
obrazlar,holatlar, tushunchalar, hissiyot va x.k.) hosil qiluvchi, shakllantiruvchi va 
rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya
(yunon. Psyche - puh logos - bilim) - odamning ob'ektiv 
borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’u - hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks 
ettirish jarayonini o’rganadigan fan.
Refleks 
(lot. Reflexus - aks etish) - organizmning markaziy nerv tizimi 
orqali ichki yoki tashqi muhit omillari ta'sirida reseptorlar qo’zg’alishiga javoban 
ko’rsatiladigan reaksiyasi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin