160
Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar
bilan
yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Sahroda chanqagan inson
uzoqda yarqirab turgan sho’rhok yerni ko’l deb idrok qilishi (lekin bu illyuziyani
sahrodan farq qila olishi joiz) yoki o’rmondagi to’nka qo’rqoq insonning ko’ziga
bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.
O’q chiziqlari illyuziyasi uzunligi baravar bo’lgan ikki o’q
chiziqning
chetlariga ikki xil (kesishmaydigan va kesishadigan) chiziqlar chizilsa, illyuziya
paydo bo’ladi. Ya'ni, kesishadigan chiziqlar o’q chiziqga nisbatan kesishmaydigan
chiziqlar
chizilgan, o’q chiziqidan uzunroq bo’lib ko’rinadi. Bu illyuziya
kesishadigan va kesishmaydigan chiziqlar tamoyillariga asoslangan.
Parallel qilib chizilgan bir necha chiziqlar parallel emas,
balki har xil
tomonga kesilgan chiziqlardek tuyuladi.
"Temir yo’l" illyuziyasi kesishadigan to’g’ri chiziqlarning torroq joyiga
joylashgan chiziq uzunroq bo’lib ko’rinadi. Aslida esa har ikkala parallel
chiziqning uzunligi tengdir.
Ikkita
barovar doira shaklini chizib, ulardan birini o’sha doiradan kattaroq,
ikkinchisini esa kichikroq doiralar ichiga olinsa,
ikkinchi doira kattaroq
ko’rinadigan bo’lib qoladi. Ya'ni kichik doiralar o’rtasida berilgani katta doiralar
orasida berilganiga qaraganda kattaroq bo’lib ko’rinadi.
Birinchi odamga qaraganda ikkinchisi uzunroq,
uchinchisi esa undan ham
uzunroq bo’lib ko’rinadi. Aslida esa ular balandligi jihatidan bir - biriga teng.
Tik chiziqlarni ortiqcha baholash illyuziyasi silindrning balandligi,
hoshiyasining kengligidan kattaroq bo’lib ko’rinadi. Aslida silindirning balandligi
va hoshiyasining kengligiga bab-barovar. "Elpig’ich" ilyuziyasi-parallel chiziqlar
orasidagi chiziqlarning ta'siri bilan ba'zida egilgandek, ba'zida
esa burilib
ketgandek bo’lib ko’rinadi.
161
Daryoda suzib ketayotgan katta va kichik ikki kema palubasi uzunligi
jihatidan bir-biriga barovar to’g’ri chiziq kesmalari bilan tasvirlangan bo’lsada,
katta kema palubasi uzunroq bo’lib ko’rinadi.
"Jonli doiralar" illyuziyasi. Katta va kichik doiralar chizilgan rasmlar
aylanmaydi, albatta. Lekin kitobni qo’lga olib, uni o’ngdan
chapga yoki chapdan
o’ngga bir necha sekund aylantirsak, doiralar go’yo aylanayotgandek tuyuladi.
Dostları ilə paylaş: