165
Idrokning predmetliligi
- jamiki olamdan olingan ma'lumotlarni -
axborotlarni ichki olam ob'ektiga kiritish xususiyati.
Idrokning butunliligi
- idrok xususiyatlaridan bo’lib, bu sezgi a'zolariga
bevosita ta'sir etib turgan ob'ektlarni, ularning belgi
va xususiyatlari bilan
birgalikda qo’shib idrok qilishdan iborat.
Illyuziya
- (lot. illusio - aldash) - borliqning noto’g’ri idrok etilishi.
Kuzatuvchanlik
- shaxs xususiyatlaridan biri,
u kishining idrok qilish
jarayonnda narsalarni kamdan-kam uchraydigan ammo muhim tomonlarini payqay
olishida namoyon bo’ladi.
Perseptiv harakatlar
(lot. regsertio - idrok etmoq)
- idrok jarayonining
asosiy tuzilishi birligi, bu idrok ob'ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan
solishtirishdan iborat.
Perseptiv tizim
- idrokning muayyan jarayonini ta'minlovchi analizatorlar
yig’indisi.
Predmetlilik (idrokda
) - ob'ektivlashtirish holati,
unda tashqi olamdan
olinadigan ma'lumotlar qayta va shu borliq bilan solishtiriladi va natijada idrokning
haqiqiy buyum va narsalarni qabul qilishini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: