Xotiraning nerv-fiziologik asoslari Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik,
qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli
yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib,
uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli
faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan
borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan
birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha
pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab
bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh
o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari
gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining
ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga
kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi.
Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir.
Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan
ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish,
boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik
I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir.
"Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar". Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan
obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson
xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular