O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

So’z-mantiq xotirasi
mazmunini fikr va mulohazalar, aniq hukm hamda 
xulosa chiqarishlar tashkil etadi. Insonda fikr va mulohaza turli xil shakllar 
yordamida ifodalanganligi tufayli ularni ifodalash faqat o’zlashtirilayotgan 
materiallarning asosiy ma'nosini izohlash, talqin qilib berish yoki ularni so’zma-
so’z ifodalanishini aynan aytib berishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Agar 
ma'lumot, axborot, xabar, material ma'no jihatidan qayta ishlanmasa, u holda 
materialni so’zma-so’z o’zlashtirish, mantiqiy o’rganish bo’lmasdan, balki 
aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. 
So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal bilan bir qatorda 
ikkinchi signallar tizimi asosiy hisoblanadi. Chunki so’z mantiq xotirasi faqat 
insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining 
sodda shakllari bilan hayvonlarga ham taalluqli bo’lgan harakat, his-tuyg’u va 
obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan 
so’z-mantiq xotirasi bir tomondan xotiraning boshqa turlari taraqqiyotiga 
asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa
turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir. 
So’z-mantiq xotirasining o’sishi qolgan xotira turlarining barqarorlashuvini 
belgilaydi. 
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi. 
Shu bois xotira faoliyatini amalga oshirayotgan faollik xususiyatlari bilan uzviy 
bog’liq ravishda turlarga ajratiladi. Masalan, faoliyat maqsadiga ko’ra xotira 
ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
Ixtiyoriy xotira
deganda ma'lum maqsadni ro’yobga chiqarish uchun 
muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat 
xotira jarayoni tushuniladi. Bu faoliyatni odam ongi bevosita boshqaradi. 
Ko’pincha psixologiya fanida ixtiyoriy xotiraga ixtiyorsiz esda olib qolish qarshi 
qo’yiladi. Bu jarayon ma'lum kerakli topshiriq yoki vazifa qo’yilsa, esda olib 
qolishga etaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan 
taqdirda yuzaga keladi. Biz matematik topshiriqlarini yechayotganimizda 
masaladagi sonlarni esda olib qolishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaymiz. 
Mazkur so’z mantiq xotirada asosiy maqsad faqat masala yechishga qaratiladi. 
Buning natijasida sonlarni esda saqlashga, hech qanday o’rin ham qolmaydi. 


177 
Shunga qaramay, biz ularni qisqa muddat bo’lsa-da, esda saqlashga intilamiz. Bu 
holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi. 
Esda olib qolishni maqsad qilib qo’yish esda olib qolishning asosiy sharti 
hisoblanadi. Serb psixologi 
Radosavlevich
o’z tadqiqotida quyidagi hodisani 
bayon etadi. Tajribada tekshiriluvchidan biri sinovda qo’llanilayotgan tilni 
tushunmaganligi tufayli uning oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarmagan. Buning 
oqibatida uncha katta bo’lmagan tadqiqot materiali 46 marta o’qib berilganiga 
qaramay, esda olib qolinmagan. Tajribaning keyingi bosqichida vazifa 
tekshiriluvchiga tushuntirib berilgandan so’ng u material bilan olti marta o’ib, 
tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan. 
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-
ket bosqichlarini tashkil etadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin