O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Beixtiyor esda qoldirishda
qiziqish katta rol o’ynaydi. Bizning oldingi 
tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir 
faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan 
hamma narsalar oson esda qoladi. 
Ixtiyorsiz esda qoldirish
inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan 
ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. 
Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo’lsa ham ko’pincha noaniq bo’ladi, bunday 
esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi. 
Ixtiyoriy esda qoldirish
ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan 
materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning 
maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o’zining 
kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash 
bilan qo’llanilishi foydalidir. 
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud: 
o
Ma'lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok 
qilish hamda esda olib qolish.


179 
o
Egallash yoki o’zlashtirish zarur bo’lgan materiallarni ko’rib idrok qilish 
yordamida esda olib qolish.
o
Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda 
olib qolish. 
o
Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko’rish, harakat kabilar orqali 
idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida 
aks ettirish. 
Mana 
shu 
yo’llar 
orqali 
eshitish, 
ko’rish, 
eshitish 
harakat, 
kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq 
yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin. 
Esda olib qolishda assosiasiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun 
esda olib qolish jarayonining bog’lanishlari paydo bo’lish sur'atini aniqlash 
maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:

Sabab oqibat bog’lanish. 

Bo’lak va yaxlit munosabati. 

Qarama-qarshilik munosabati. 

Inkor etish holati. 

Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi. 
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog’liqdir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin