O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

G.Ebbingauz
jahon psixologiyasida birinchi bo’lib 1885 yilda 
oliy ruhiy jarayon bo’lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi 
negizida tekshirdi va keng ko’lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini 
tajriba orqali tekshirishning asosiy yo’nalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" 
ko’rinishda o’rganishga harakat qilib ma'no kasb etmaydigan bo’g’inlardan 
foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik 
xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir. 
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o’z-o’zini 
kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo’yilgan ilmiy tajribaviy 
metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini 
tekshirishda o’z oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan bo’g’inlardan tuzilgan 
materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo’ygan. Bu materialni o’zlashtirish 
o’rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so’zdan, 
11 ta so’z o’zaro bog’liq bo’lmagan so’zlardan foydalangan. Bu materialni 
o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga 
to’g’ri keladi. 
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma'noga ega bo’lgan materialni 
o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim 
ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. 
A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn

P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o’rganganlar. 
Shuningdek, ular o’qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o’quvchilarida 
tekshirish ishlarini olib borganlar. 
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar
tadqiqot ishlarining 
aksariyati shunga bag’ishlangan bo’lib, turli materialni esda olib qolishda 
tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib 
qolishga to’g’ri yo’nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib 
olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to’liqligi 
ta'minlanadi. 
A.A.Smirnovning ta'kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy 
adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o’quvchilariga ahamiyatli bo’lgan materialni 
mexanik tarzda esda olib qolishlari ko’rsatilmagan. 


181 
Nemis psixologi 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin