O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Esga tushirish va uning turlari. 
O’tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlarning 
ongimizda qaytadan tiklanishi 
esga tushirish
deyiladi. Esga tushirishning nerv-
fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning 
qo’zg’alishidir. Esga tushirishning 
tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum 
vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari 
mavjud. 


182 
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida 
u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. 
Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir 
odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. 
To’liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. 
Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini
eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz. 
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. 
Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga 
tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo’ladi. Masalan, biz she'rni 
yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o’qiganimizni eslay olmaymiz. 
Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni 
ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol 
o’ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga 
tushirishdan iborat. Masalan, she'rni yod olganimizda bir necha satrni o’qigan 
kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra 
ko’zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, 
xotiraning ko’lami aniqlanadi. 
Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira 
ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish 
xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda 
sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. 
Vaqt o’tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha 
vaqt o’tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar 
o’tgandek bo’ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa 
eslaymiz. 
Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli 
turli usulda esimizga tushishi mumkin. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin