V.V.Bogoslovskiy taqriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta'rif uning
umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga
o’xshash tafakkur xususiyatlari
F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham
uchraydi.
Keltirilgan ta'riflar orasida
O.K.Tixomirovning darsligidagi ta'rif nisbatan
to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar
mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni
umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va
foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq
ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman
qarash va ta'riflar mavjuddir. Ularning ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz.
S.L.Rubinshteyn nazariyasiga
binoan
tafakkurni
psixologik
jihatdan
o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir.
Muallif tafakkur operasiyalari shakllarini shakllantirishda jarayon, muammoli
vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur
tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni
sub'ekt faolligining paydo bo’lishi deb ataydi.
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib,
tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi,
lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga
tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik
muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur -bu orientirlash-tadqiqot faoliyati,
orientirovka jarayondir, ya'ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif
psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub'ektning tafakkuriga
orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadi deb tushuntiradi.
P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlarni
bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga
intiladi.