O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Tafakkur operasiyalari 
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo’lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi 
olam va turmush to’g’risidagi o’z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga 
intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob'ektni anglashi, 
bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o’zi idrok qilayotgan 
narsalar to’g’risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir 
sinfi, turkumi to’g’risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning ob'ekti bo’ladi. Bir 
narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo’lishi mumkin emas. 
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va 
tizimga solish 
aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz 
- shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa 
va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz 
jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo’lgan munosabati 
aniqlanadi. Tahlil ob'ektlari amalda ajratib bo’lmaydigan elementlarga yoki 
belgilarga bo’lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta'kidlashicha, 
maymunning yong’oqni chaqishining o’ziyoq boshlang’ich, oddiy analizdir. 
O’quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan 
ko’pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. 
Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o’zlashtirib 
olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko’rish mumkin. 
Muammoli vaziyatlarni yechish usullari


194 
Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o’rin tutadi. 
Chunonchi, savodga o’rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so’zlarga, so’zlarni 
bo’g’inlarga, bo’g’inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani 
yechish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma'lum sonlarni topishdan boshlanadi. 
Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo’yilsa, u 
holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o’z 
navbatida alohida olib tekshirish lozim bo’ladi va hokazo. 
Analiz va sintez jarayonlarining yuzaga kelishini quyidagicha izohlash 
mumkin. 
Yuqorida aytib, o’tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish 
uchun yolg’iz analizning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni 
birlashtirgan holda bir-biriga ta'sir qilib turgan motor va mashinaning butunligicha 
olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin. 
Sintez 
- shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning 
analizda bo’lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo’laklarini sintez yordami bilan 
fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez 
elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo’laklarini bir butun qilib 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin