O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

I.P.Pavlov
ta'biri bilan aytganda, so’z ikkinchi signal tizimining, barcha 
signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu 
signallarning hammasini umumlashtiradi.
Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar 
asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, 
alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, 
kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, 
atamalar yuzaga kelaveradi, iste'moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. 
Determinizm tamoyiliga binoan so’zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita 
bo’lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so’zlar 
va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So’z bilan 
tushunchalarning chambarchas bog’lanishi va munosabati filogenezda ham 
ontogenezda ham operasional va funksional xususiyatlarni yo’qotmaydi.
Tafakkur turlari 
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari 
xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy 
qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning 
tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, 
namoyon bo’ladi.
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, 
fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikasiya qilinadi. 
Professor E.G’.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tafakkur 
turlari quyidagicha klassifikasiya qilinadi: 


203 
Tafakkur turlari 
Shakliga ko'ra 
Ko'rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli, 
Topshiriq xarakteriga ko'ra 
Nazariy, amaliy, ixtiyorsiz, ixtiyoriy 
Fikr yoyiqligiga ko'ra 
Konkret, abstrakt, realistik, autistik intuitiv, 
diskursiv 
Fikrning 
originallik 
darajasiga ko'ra 
Reproduktiv, 
produktiv, 
ijodiy, 
vizual, 
fazoviy 
V.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida tafakkur turlari 
quyidagicha klassifikasiya qilinadi.
Tafakkur turlari 
Shakliga ko'ra 
Ko'rgazmali-harakat, 
ko'rgazmali-
obrazli, mantiqiy 
Ko'riladigan 
masalaning 
xarakteriga ko'ra 
Nazariy, amaliy 
Ijodiylik elementiga ko'ra 
Konvergent, divergent 
Yangiligi va noyobligiga ko'ra 
Reproduktiv, produktiv (ijodiy) 
Shuningdek, ayrim adabiyotlarda tafakkur klassifikasiyasi quyidagi tarzda 
ham ifodalanadi.
A.V.Petrovskiy
muharrirligida chop etilgan, "Umumiy psixologiya" 
darsligida tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko’rsatiladi: 
ko’rgazmali-harakat, 
ko’rgazmali-obrazli, mavhum nazariy tafakur
turlari va boshqalar.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin