O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Ko’rgazmali-harakat tafakkur turi
. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar 
o’z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan 
yechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib chiqqan. amaliy va nazariy 
faoliyat chambarchas bir-biri bog’langandir.
Ko’rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha 
ta'riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan ko’rgazmali-harakat tafakkuri 
odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda 
tutadi. "Psixologik lug’atda" ko’rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning 
bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan 
amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o’zi 
birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil 
Topshiriqni hal qilish 
usuliga ko'ra 
Ijodiylik darajasiga ko'ra 
Shakliga ko'ra 
Yangiligi va noyobligiga 
ko'ra 
Mahsuldor bo'lmagan 
 
 
Mahsuldor
Diskrussiv 
 
 
Intuitiv
Ijodiy 
 
 
Amaliy
Ko'rgazmali-harakat 
Ko'rgazmali-obrazli
So'z-mantiqiy 


204 
nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy 
taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni 
ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu 
masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil 
qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga 
murojaat qilamiz. Bola tug’ilishdan tortib, to uning bog’cha yoshigacha davrini 
amaliy faoliyatda ko’rgazmali-harakat tafakkuri o’sishining asosiy pallasi deb 
atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy 
harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o’zlashtiradi, natijada ko’rgazmali-
harakat tafakkuri o’sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o’zlari o’ynayotgan 
o’yinchoqlarni qo’llari bilan bevosita ushlab ko’rish orqali ular bilan tanishadilar, 
shuning bilan birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va 
o’yinchoqlarni o’zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez 
qiladilar, bo’laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar 
tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog’da ularni ob'ektni sindirib yoki 
buzib bo’lsa ham, ularning ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli 
bo’ladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilishda ko’pincha 
buzib, tuzatish yo’li bilan harakat qiladilar. Ko’rgazmali-harakat tafakkuri bog’cha 
yoshiga yetgandan so’ng bolalarda o’z qiymatini yo’qota boshlaydi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin