O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Tafakkurni mustaqilligi
deganda kishining shaxsiy 
tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular 
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga 
keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining 
aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal 
qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning 
mustaqilligi 
aqlning 
sertashabbusligi, 
pishiqligi 
va 
tanqidiyligida namoyon bo’ladi. 
Aqlning sertashabbusligi
deganda insonning o’z 
oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning 
barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga yetkazishda yechimni qidirishda usul va 
vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli 
qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon 
bo’lishini nazarda tutamiz. 
Aqlning pishiqligi
vazifalarni tez yechishda, yechish 
paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan 
eski yo’l hamda usullardan foriq bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi. 


210 
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin 
emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, 
muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. 
Tafakkurning tanqidiyligi ob'ektiv va sub'ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. 
Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual 
xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, 
muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba'zan etalonga 
asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob'ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo 
tafakkurning tanqidiyligi sub'ektiv xatolarga, umuman sub'ektivizmga oqib ketsa, 
bunday holda sub'ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub'ektiv tanqidiylik salbiy 
oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini 
vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. 
Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona rasional tarzda vujudga kelsa, unda 
shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin. 
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor 
usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan 
amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. 
Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan 
orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, 
aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga yetadi. Demak, tafakkurning 
nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya 
rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar 
inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma'lum soha uchun qimmatli va yangi 
fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal 
qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, 
vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur 
mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin