O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


X.Erenfels (1859-1932),  V.Keler



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

X.Erenfels
(1859-1932), 
V.Keler
(1887-1967), 
K.Kofka
(1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaraganda, har bir 
psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni 
birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. 
Geshtaltchilarning aksiomatik xarakterga ega bo’lgan ushbu tezislari mazkur 
ta'limot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va 
elementlarning yig’indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, 


214 
aksincha yaxlit tuzilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini 
belgilab berishga qurbi yetadi. 
Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik 
jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o’xshash alohida elemetlari 
emas, balki konfigurasiya shakl yoki geshtaltchilarning yaxlit yaratishidan iborat.
Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli 
tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini 
eksperimental o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning 
aqliy harakatida inson harakatiga xos o’xshashlik borligi to’g’risida xulosa 
chiqaradi.
V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: 
organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, 
ya'ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga 
bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan 
namoyon bo’luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba'zi bir 
zo’riqishlar ta'sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning 
qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. 
Masalani yechish aniq qadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga 
chiqadi.
Geshtaltchilarning ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo’llab, uni o’tmish 
tajribasi bilan bog’lashga intiladilar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik 
metodlari" to’g’risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, 
qo’yilgan maqsadni, konfliktli holatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar. 
Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko’tarib 
chiqadilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o’ziga xosligi, tafakkur jarayonida 
yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish 
jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish yo’lini qo’llash kabilar. Tafakkurni 
psixologik o’rganishda funksional rivojlanish g’oyasini amaliyotga tadbiq qilish 
ham ma'lum darajada geshtaltpsixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi.
Shunga 
qaramasdan 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin