Tayanch iboralar Abstraksiya (lot. Abstractio mavxumlashtirish) - narsalarnnng o’ziga xos
belgi va xususiyatlarini, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, narsalarning muhim belgi
va xususiyatlarini ajratib olishga qaratilgan fikrlash operasiyasi.
Amaliy tafakkur - ko’pincha vaqt tanqisligi sharoitida yuzaga keladigan va
xatti - harakatlarning maqsadini aniqlash, reja loyihalarni ishlab chiqish bilan
bogliq.
Deduktsiya (lot. deductio - keltirib chiqarish) - umumiy hukmlardan yakka
hukmlarga qarata borish orqali mantiqiy qulosa chiqarishdan iborat tafakkur shakli.
Induktsiya - (log. inductio - keltirib chiqarish) - juz'iy yoki yakka qollardan
umumiyga, ayrim dalillardan umumlashmalarga qarab boradigan, induktiv xulosa
chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur shakli.
Intuisiya (lot. intueri - yaxshilab, diqqat bilan qaramoq) voqelikni bilishning
bevosita haqiqatga aylanishi bilan amalga oshiriladigan alohida usul bo’lib, uning
yordamida muammoli vaziyatlar yechimini topish mumkin, u ijodiy faoliyat
mexanizmi sifatida tushuntiriladi..
Ko’rgazmali obrazli tafakkur - tafakkur turlaridan biri, bu tasavvur
qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni xarakterlab beradi.
Ko’rgazmali harakat tafakkuri - tafakkur turlaridan biri, narsa va xodisalar
bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda namoyon bo’ladi.
Nazariy tafakkur - tafakkur turlaridan biri, u ob'ektlarning xususiyatlarini,
qonuniyatlarini ochishga qaratilgan bo’ladi.
Sintez - (yunon. sintbasis - birikish, qo’shilish) - tafakkurning yagona
analitik - sintetik jarayonida yakka hodisalarni umumiylashtirishga qaratilgan fikr
yuritish operasiyasi.
So’z - mantiqiy tafakkur - tafakkur turlaridan, bu mantiqiy operasiyalar,
omillar yordamida tushunchalar orqali ifodalanadi.