O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

XAYOL 
Xayol haqida tushuncha 
Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur 
etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur 
eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina 
eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan 
yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi.
Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni 
o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi 
qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil 
bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan 
tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli 
yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining
bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, 
turmush tajribasi bilan bog’liq.
Xayol 
deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning 
(assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali 
narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong 
faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar 
asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir.
Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini 
oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. 
Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan 
natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. 
Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi.


221 
Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional 
irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy 
bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli 
shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday 
bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va 
shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida 
ifodalanadi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin