224
Shuni ham nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol o’rtasidagi
farq faqat nisbiy xarakterga egadir. Xuddi ijodiy xayol jarayonidagi kabi tasavvur
xayoli jarayonida ham aslida narsalarning obrazlari yangidan ijod qilinadi. Ana
shuning uchun xayolning bu ikki turini bir-biridan batamom ajratib bo’lmaydi.
Ijodiy xayolning maxsus turi orzudir.
Orzu
ijodiy xayolning, tilakning
kelajakka qaratilgan shaklidir. Orzusiz kishi bo’lmaydi. Orzu odamning u yoki bu
faoliyatiga undaydigan stimul turtkich hisoblanadi. Lekin orzuning boshqa salbiy
turlari ham bor. Masalan, odamni asosiy ish faoliyatidan boshqa ishga sudraydigan
orzular ham bo’ladi. Shunday odamlar ham bo’ladiki, ular o’zlarining aniq
faoliyatlarini orzu bilan almashtirib, tilak va istaklariga shirin orzudagina yetib
yuradilar. Ularning "quruq xayolparastlar" deb yuritiladi.
Xayol qilish jarayoni hamma bilish jarayonlaridagi kabi ixtiyorsiz va
ixtiyoriy xayol turlariga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: