29
Erkinlikka qo’yib yuborilgan skunslar o’rmonlarda bemalol yurishardi. Skunslarga
hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, orqalarini o’girib turishaverdi va
dushmanlarining yengilgina o’ljasiga aylanishdi. Shundan keyin, skunslarning
bezlari kesib tashlanmay, ularni boqishning boshqa usullari topildi.
Nasl qoldirish instinkti
- bu ota-onalik instinkti sifatida ko’rinib, nasl -
avlod uchun g’amxo’rlik qilish, uni ma'lum vaqtgacha ovqat bilan ta'min etish,
xavf-xatardan saqlash o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib,
o’z naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi. Jumladan, o’rgimchakning ba'zi
turlarida urg’ochilari o’z tuxumi uchun tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani
urg’ochi o’rgimchak qo’riqlab va tez-tez ko’chirib yuradi, o’rgimchak bolalari
paydo bo’lishi bilan urg’ochi o’rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qo’riqlab
turadi. Nasli kattalashgani sari urg’ochi o’rgimchak ham ularga shuncha befarq
bo’la boradi va so’ngra esa o’rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo’lib,
qolgandan keyin ularni tashlab ketadi.
Dostları ilə paylaş: