O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

vazminlik 
deb ataladi.
Iroda-avvalo kishining o’zini qo’lga ola bilishi, o’z intilishlari, hissiyotlari 
va ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining o’z- o’zini idora qila olishi, 
o’z xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish va boshqara olish qobiliyati 
demakdir.
Kishining ichki to’siqlarni yenga olish, o’zini boshqarish va o’z ustidan 
hukmronlik qila olish qobiliyati odatda 
ichki iroda
deb yuritiladi. Kishi irodaviy 


259 
zo’r berish yo’li bilan tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydigan tashqi to’siqlarni 
yengishi zarur bo’ladi. Kishi o’z oldiga qo’yilgan maqsadni amalga oshirishga 
qarshilik qilayotgan to’sqinliklarni yengib o’tadi, voqelikni o’z maqsadiga muvofiq
ravishda o’zgartiradi va uni o’z ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning to’siqlarni, 
tashqi qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati 
tashqi iroda
deb ataladi.
Ammo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga bo’lish 
mumkin. Inson irodasi bitta, lekin u tashqi olamdagi o’zgartirish va boshqarishga 
qaratilishi bilan birga shaxsiy, sub'ektiv holatlarni va jarayonlarni boshqarishga 
qaratilishi ham mumkin. Modomiki, shunday ekan, tashqi to’sqinliklarni yengish 
ichki to’sqinliklarni yengish bilan chambarchas bog’liqdir.
Inson tashqi olamga ta'sir etar ekan, tashqi olam hodisalarini boshqarish 
bilan bir vaqtda o’zini, o’z organizmini, qo’l-oyoq muskullarini ham boshqaradi, 
ularning tarangligini kuchaytiradi yoki susaytiradi, ularning harakatlarini 
uyg’unlashtiradi, butun organizmning moslashish vaziyatini vujudga keltiradi va 
zarur paytda bu vaziyatni o’zgartiradi va hokazo. Shu bilan birga ixtiyoriy 
harakatlar, asosan mehnat faoliyatida odamning ixtiyoriy faollik ko’rinishlarini 
to’xtatib va bosib turishga to’g’ri keladi. Shuning uchun odamning irodaviy zo’r 
berishi va ixtiyoriy harakatlari tashqi to’sqinliklarni yengishga qaratilishi bilan bir 
vaqtda organizmning ichki ahvolini ham o’zgartiradi. Inson tevarak-atrofdagi 
voqelikni o’zgartirar ekan, o’zini-o’z vujudini ham o’zgartiradi.
Irodaviy harakatlar bajarilgandan keyin ularga baho beriladi. Qaror ijro 
etilgandan keyin, ba'zan esa qarorni bajarish jarayonida ham ko’pincha 
harakatlarga baho berish, qarorni qanday ijro etilganligiga baho berish kerak 
bo’ladi. Qarorni ijro etish yuzasidan qilingan baho berish qabul qilingan qarorni 
hamda qilinadigan ishni ma'qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi. Bu 
baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun bo’lish yoki 
mamnun bo’lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda 
ifodalanadi. Salbiy baho ko’pincha qilingan ishlarga pushaymon bo’lish, achinish, 
uyalish va afsuslanish kabi hislar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Qilinayotgan yoki 
qilinadigan ishlarga beriladigan baho qabul qilingan qarorni yoki bajarilgan 
harakatlarni ma'qullovchi, oqlovchi yoki qoralovchi maxsus hukmlarda 
ifodalanadi. 
Qilinayotgan yoki qilinadigan ishlarga ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, estetik va 
boshqa nuqtai nazardan baho beriladi. Mana shunday baho berishdan kelib 
chiqadigan his va hukmlarda kishining dunyoqarashi, axloqiy sifatlari va 
tamoyillari, shu bilan birga xarakteri va qiziqish - havaslari ham yaqqol namoyon 
bo’ladi.
Qarorni bajarish yuzasidan qilingan ishlarda kishining o’zi baho beribgina 
qolmaydi, balki kishi qaysi jamiyatda yashasa va ishlasa o’sha jamiyat ham baho 
beradi.
Odam qilgan yoki qilayotgan ish harakatlariga tevarak-atrofdagi kishilar 
ijobiy baho bergandan keyin ichki ma'naviy qanoat his qiladi xursand bo’ladi va 
kuchiga kuch qo’shilgandek bo’ladi. Ayrim ish-harakatlariga salbiy baho 
berilganda esa kishi o’ziga xos uyalish hissini ko’nglidan kechiradi va vijdon 
azobiga uchraydi.


260 
Qilingan ish-harakatga berilgan baho kishining faoliyatida katta amaliy 
ahamiyatga egadir. Bu baho kishining keyingi faoliyati uchun rag’bat va motiv 
bo’lib qoladi. Salbiy baho odatda ayni faoliyatni to’xtatish yoki o’zgartirishga 
motiv bo’ladi. Ijobiy baho faoliyatni davom ettirish, kuchaytirish va yanada 
yaxshilashga, jumladan mehnat unumdorligini oshirishga rag’batlantiradi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin