262
qat'iyatsiz kishilar ko’pincha kam faolliklari bilan ajralib turadilar yoki umuman
passiv bo’lib, yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar.
Sabotlilik dadillikka chambarchas bog’liq bo’lib, xarakterning ijobiy xislati
hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo’lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini
odatda o’zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va
bu qarorlarini bajarmasdan
qo’ymaydilar. Bu kishilar va'dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta
qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir bo’ladi. Ularga ishonsa bo’ladigan subutli
insonlardir.
Qabul qilingan qarorlarini ko’pincha bekor qiladigan, bergan va'dalarini
ustidan chiqmaydigan, aytgan so’zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi.
Kishi irodasining kuchi va qat'iyati xarakterning irodaga bog’liq bo’lgan
qaysi xislatlarida ifodalangan bo’lsa o’sha xislatlar eng yorqin xislatlardan
hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo’ladi.
Ammo hamma kishilarni va har
qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb
bo’lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina
irodasi kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini
tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi.
Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o’z vaqtida bajarishda ko’rinadi. Shuning
uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish,
galdan-galga qoldiraverish, boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilmaslik irodaning
kuchsizligi alomatidir.
Lekin qabul qilingan qarorni bajarish har qanday
qilingan ish-harakatning,
irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy
harakatlar yordami bilan qanday to’siqlar yengilganiga va shu yo’l bilan qanday
natijalarga erishilganligiga qarab aniqlanadi. Irodaviy zo’r berish vositasida
bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda
kuchining
ob'ektiv ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.
Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r
berish va irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zo’r muvafaqqiyatlarga
erishsa, bu kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi.
Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi. Bu
qahramonlar kosmik parvozlarga tayyorlanish davrida ham, parvoz paytida ham
o’z irodalarining yuksak sifatlarini namoyish etadilar. Bu qahramonlar kuchli iroda
va uning xilma-xil ko’rinishlari o’z xarakterining asosiy xislati bo’lgan
kishilarning yorqin misolidir.
Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas to’sqinliklarni ham bartaraf
qila olmasligida ko’rinadi. Masalan, ba'zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki
biror zarur ishni boshlashga o’zini majbur eta olmaydi.
Irodaning
kuchsizligi odatda
Dostları ilə paylaş: