V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar o’rganib,
uning kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini
ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga
erishishiga yordam beradigan o’zining yo’llari va usularini faol izlasa, individual
uslub yuzaga keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning
dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual
ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Bunda mazkur
faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning
har xil tiplarini birga qo’shilib ketishi aniq bo’ladi. Chunonchi, xolerik
temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan
sherik bo’lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda
ishlagan hollarda ancha samarali bo’ladi. Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki,
temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko’pgina faoliyat
turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan baholab bo’lmaydi. o’z
temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o’rnini to’ldirish,
faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim
va tarbiya ta'sirini negizida yuzaga keladi.
Tayanch tushunchalar Labillik (lot. labilis - beqaror, o’zgaruvchan) - nerv hujayralarining tezlik
bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga
o’tish xususiyati.
Melanxolik (yunon. Melas - qora, chole - o’t, safro) - temperament
turlaridan, psixik faollikning sust, tez ta'sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar
uchun xam juda chuqur ta'sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Rigidlik (lot. regidus - qattiq ustahkam) - sub'ektiv tomonidan
dasturlashtirilgan faoliyatda qayta qurishning talab qilinishi natijasida ro’y
beradigan qiyinchiliklar.
Sangvinik (yunon. Sanguis qon) - temperament turlaridan. By tur chaqqon,
harakatchan, taassurotlari tez-tez o’zgarib turadigan, boshqa kishilarga nisbatan
dilkashlik va mexribonlik qilish xislatlari bilan tavsiflanadi.
Temperament (lot. temperamentum - qismlarning bir-biriga munosabati) -
shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmui. By kishida faoliyat va xulq-
atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Flegmatik (yunon. flegma balg’am, shilimshiq modda) - temperament
turlaridan biri. Bu harakatlarning sekinligi, barqarorligi, emosional holatlarning
tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida namoyon bo’ladi.
297
Xolerik (yunon. chole - safro, sarik o’t) - temperament turi, u hissiyotning
jo’shqinligi, kayfiyatning birdaniga tez o’zgarib qolishi, hissiy