35
rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati, ya'ni odamlarning birgalikda qurol
yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo’lgan.
Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta'sir qiladi, ijtimoiy
munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta'sir
ko’rsatadi. Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyusion taraqqiyot
jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida maydonga kelib, ong tufayli
odam moddiy dunyodagi narsalarning ob'ektiv, barqaror xususiyatlarini ajrata oladi
va shu asosda tevarak-atrofdagi voqelikni o’zgartira oladi. Demak, inson
psixikasining oliy bosqichini ong deb atash mumkin.
Dostları ilə paylaş: